So’nggi yangiliklar

11:35Тимур Кападзе: "Ўзбекистоннинг мақсади – тарих яратишни давом эттириш. Ўртоқлик ўйинларида янги футболчиларни синаб кўрамиз"  0 11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  1 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  0 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  1 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  2 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  8

Superliga. 4-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Quyida Superliganing 4-turida yorqin o'yin ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani etiboringizga havola etamiz.


"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi


Superliga 4-tur ramziy terma jamoasining taktik sxemasi 3-5-2ni tashkil qildi.

Unga ko'ra, ramziy terma jamoa darvozasiga AGMK kiperi Pavel Matyash munosib ko'rildi. Ushbu posbon amaldagi chempion "Lokomotiv"ga qarshi bahsda darvozasi daxlsizligini saqlay oldi va 4ta seyv amalga oshirdi.

Uch nafar himoyachi sifatida "Paxtakor" azosi Marko Simich, "Qo'qon-1912"ning standartlarni amalga oshiruvchi himoyachisi Murod Xolmuhammedov hamda AGMKga "temiryo'lchilar" ustidan g'alaba keltirgan golga mualliflik qilgan Vladimir Bubanyalar kiritildi.

Tayanch yarim himoyachisi sifatida "Bunyodkor" sardori Javlon Ibrohimov tanlandi. Ibrohimov gol urganini inobatga olmaganda ham himoyalanishda juda faol va foydali o'ynadi. Ko'p bor hujumga o'tgan raqiblardan to'pni olib qo'ydi. Yarim himoyaning markazidan Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor") va Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912") o'rin oldi. G'iyosov "Buxoro" bilan bellashuvda bitta gol urdi va Rayevacning goliga chiroyli pas berdi. Sidiqov esa "Navbahor" mag'lub etilgan to'qnashuvda faol o'yin namoyish etdi.

Vingerlar sifatida "Paxtakor"dan Jaloliddin Masharipov va "Metallurg"dan Suhrob Nurulloev tanlandi. Agar Elguja Grigalashvili bu turda xet-trik qayd etmaganida tur futbolchisi katta ehtimol bilan Masharipov bo'lishi mumkin edi. U jamoasining uchchala golida ham ishtirok etdi. Suhrob Nurulloev esa "Nasaf"dan safarda ochko olinishini taminlagan golni chiroyli tarzda kiritdi.

Ramziyning hujum chizig'iga esa bu turda fantastik o'ynab yuborgan Elguja Grigalashvili ("Qizilqum") va zaxiradan tushib o'zini maksimal darajada ko'rsata olgan Filip Rayevac ("Bunyodkor") kiritildi. Elguja safarda "So'g'diyona"ga uchta gol urdi, barcha gollar o'yinchining individual mexnatlari evaziga kiritildi. Filip esa G'iyosovga bosh bilan pas beribgina qolmay, chiroyli gol ham urdi.


Ramziy terma jamoa (3-5-2)

Darvozabon:
Pavel Matyash (AGMK).

Himoyachilar: Marko Simich ("Paxtakor"), Vladimir Bubanya (AGMK), Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912").

Markaziy yarim himoya chizig'i: Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor"), Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor"), Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912").

Vingerlar: Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Suhrob Nurulloev ("Metallurg").

Hujumchilar: Filip Rayevac ("Bunyodkor"), Elguja Grigalashvili ("Qizilqum").


Tur futbolchisi - Elguja Grigalashvili

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика