So’nggi yangiliklar

07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  10 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  6 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  7 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  3 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4

Superliga: 3-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Superliga: 3-tur ramziy terma jamoasi

Ananamizga muvofiq Superliganing 3-tur ramziy terma jamoasini etiboringizga taqdim etamiz.

Mazkur tur ramziy terma jamoasini 3-4-3 taktik sxemasiga monand joylab chiqdik.

Unga ko'ra, darvozaga turning eng yaxshi posboni deya etirof etilgan, "Bunyodkor"ning g'alabasiga katta hissa qo'shgan Murodjon Zuhurov qo'yildi.

Himoya chizig'ida ishonchli, mustahkam va samarali o'ynagan mudofaa vakillarini qo'ydik. "Lokomotiv" himoyachisi Anzur Ismoilov "Andijon" bilan bahsda nafaqat o'z hududida ishonchli o'ynadi, balki jamoasining muhim bo'lgan ilk golini urishga ham muvaffaq bo'ldi. "Dinamo" azosi Mirkomil Loqaev ham himoyada mustahkam o'ynash barobarida jamoasining g'alaba to'pini juda chiroyli tarzda kiritdi. Himoya chizig'idagi uchinchi vakil AGMK azosi, "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda markaziy himoyada o'ynagan Dilshod Jo'raev jamoasining himoyadagi muammolarini bartaraf etish bilan birgalikda, bahsda dubl muallifiga ham aylandi.

Yarim himoya chizig'ida to'rt nafar futbolchi qo'yildi. CHap qanotdan AGMKning hujumkor vingeri Jasur Hasanov joy oldi. Hasanov mazkur bahsda juda faol o'ynadi va jamoasining qator hujumlarini tashkil etishda jonbozlik ko'rsatdi. SHu bilan birgalikda Hasanov bellashuv davomida jamoadoshi Zafar Polvonovga ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. O'ng qanot yarim himoyasida esa "Nasaf"ning "Paxtakor"ga qarshi bahsida juda faol o'ynagan va golni tashkil etilishida muhim figuraga aylangan Islom Kenjaboev qo'yildi. Kenjaboev jarohatiga qadar o'z qanotida juda faol o'ynadi va qator reyrlar orqali "Paxtakor" himoyasini tahlikada ushlab turdi. 

Markaziy yarim himoya chizig'ida "Nasaf"ning tayanch yarim himoyachisi Sardor Abduraimov loyiq ko'rildi. Abduraimov "Nasaf" safida tayanch nuqtasida ishonchli o'ynash bilan birgalikda, jamoa o'yinini bir balansda ushlab turishda muhim futbolchiga aylandi. Aynan uning tartibli va aniq harakatlari evaziga "Nasaf" himoyadan hujumga o'tishda va raqib hujumlarini bartaraf etishda yaxshi o'ynamoqda. SHavkat Salomov esa "So'g'diyona"ga qarshi bahsda jamoasining har uchala golida ishtirok etdi. Dastlabki ikkita golni ajoyib tarzda urgan futbolchi, uchinchi golda ochiq darvozaga gol urib xet-trik qilishdan ko'ra, jamoadoshi, "Surxon" hujumchisi SHerzod Hakimovga to'p kiritish imkoniyatini taqdim etdi. SHu tariqa Salomov mazkur bahsda dubl qayd etish bilan birgalikda, golli uzatmani ham amalga oshirdi.

Hujum chizig'ida "Lokomotiv" to'purari, "Andijon" darvozasiga juda nozik did bilan gol urgan Temurxo'ja Abduxoliqov, AGMKdan turning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan, penta-trik sohibi Zafar Polvonov va "Bunyodkor"ning ikkita goli muallifiga aylangan Xurshid G'iyosov loyiq ko'rildi.

Tur ramziy terma jamoasi

Superliga: G'alaba tamini sezmayotgan vodiy jamoalari, AGMK hamda Polvonov uchun fantastik tur va boshqa tafsilotlar (tur sharhi)         

Foto: Tur laureatlari aniqlandi 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика