So’nggi yangiliklar

00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  0 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  12 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:56АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  3 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  101 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  18 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  26

Superliga: 28-tur laureatlari aniqlandi Yangiliklar

Superliga: 28-tur laureatlari aniqlandi

Ananamizga muvofiq Superliga 28-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.

Tur o'yini - "Qizilqum" - "So'g'diyona" 2:2

Superliganing 28-turidan o'rin olgan uchrashuvlar ichida Navoiyda o'tgan bahs qiziqarliligi jihatdan eng yaxshisi deya etirof etildi.

Muxlislar to'rtta golga guvohlik qilishgan bahsda tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi. "Qizilqum" futbolchisi Artur Gevorkyanning dubliga "So'g'diyona"dan Oybek Nurmatov va Sernas Darvidas gollari bilan javob qaytarishdi. Mazkur o'yindan so'ng "Qizilqum" pastki oltilikda peshqadamlikni "Nasaf" bilan bo'lishib qoldi, "So'g'diyona" esa xavfli hududdagi o'rnidan siljiy olmadi.


Tur muxlislari - Buxoroda

Superliganing 28-turi doirasidagi "Buxoro" - "Bunyodkor" uchrashuviga nisbatan ko'p tomoshabin tashrif buyurdi.

Garchi jamoasi muvaffaqiyatsiz seriyalarni o'tkazayotganiga qaramasdan o'z suyuklilarini yolg'izlatib qo'ymayotgan sodiq muxlislar "Bunyodkor"ga qarshi bahsda "Buxoro"ni ancha faol qo'llab-quvvatlab turishdi. SHu boisdan ham turning eng faol muxlislari deya aynan buxorolik ishqibozlar etirofga loyiq ko'rildi.


Tur hakami - Valentin Kovalenko

Superliganing 28-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912" o'rtasidagi uchrashuvda ishlagan Valentik Kovalenko o'yinni bexato boshqardi.

Uchrashuv davomida o'yinni sergaklik bilan o'z nazoratida ushlab turgan hakam natijaga tasir etuvchi qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadi. SHu boisdan ham Kovalenkoni tur hakami deya etirof etdik.


Tur matbuot xizmati - "Paxtakor"

Matbuot xizmatlari ichida ayni kunda O'zbekistonda birinchi raqam bo'lib turgan "Paxtakor" barqaror va professional ishlashda davom etmoqda. Muhimi, har bir turni barqaror, operativ va professional tarzda yoritib bormoqda. O'yin atrofidagi tadbirlar va uchrashuvdan keyingi tafsilotlarni yoritib borishda "Paxtakor" rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalari birdek faol va tezkor ishlamoqda. SHu boisdan ham ushbu turda eng yaxshi va faol ishlagan matbuot xizmati sifatida yana "Paxtakor" etirof etildi.

Behzod Nazarov boshchiligidagi matbuot xizmati nafaqat ishlash uslubi yoki professionalligi bilan, balki bilim darajasi bo'yicha ham ancha yuqori saviyada ekanligini isbotladi. SHu boisdan ham turning eng faol va professional matbuot xizmati sifatida "Paxtakor" klubi etirofga loyiq.


Tur iqtibosi: "Ko'plab futbolchilar Mo'minjonov ortidan ketishgan"

"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyin jamoadan ketgan bazi futbolchilar va kelishi haqidagi mish-mishlar tarqalayotgan Andrey Arshavin borasida to'xtalib o'tdi.

"Arshavin keladimi? Bemalol kelaversin, unga go'zal Namanganni ko'rsataman, aylanib ketadi. Jamoa tarkibidagi SHerzod Karimov va Mirzohid G'ofurovda jarohat mavjud. Qolgan futbolchilar esa sobiq murabbiy ortidan jamoadan ketishgan. Darko Nikach esa "Navbahor" saviyasiga mos futbolchi emas. Uni yoshlar jamoasiga yubordim", - dedi Andrey Kanchelskis.


Tur goli - Bobir Abdixoliqov

"Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqovning "Qo'qon-1912" darvozasiga kiritgan goli ijro va kombinaciya jihatidan ancha chiroyli chiqdi.

Bobir Abdixoliqov - Doniyor Narzullaev - Bobir Abdixoliqov tashkil etgan hujumni "Nasaf" forvardi Bobir ABdixoliqov ajoyib zarba bilan yakunladi. Aynan ushbu gol turning eng chiroyli goli deya etirof etildi.


Tur darvozaboni - Akbar To'raev

"Navbahor" darvozaboni Akbar To'raev kechagi "Paxtakor"ga qarshi o'yinda jamoasiga bir ochkoni taqdim etdi.

Aynan "Navbahor" kiperi Akbar To'raevning ajoyib va ishonchli harakatlari evaziga "Navbahor" darvozasi quruq saqlandi. Bu esa yakunda namanganliklarga bir ochkoni taqdim etdi. Akbar To'raev bahs davomida 5 marotaba ajoyib seyvni amalga oshirdi. SHu tariqa ushbu kiper turning eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi.


Tur murabbiyi - Mirjalol Qosimov

"Bunyodkor"ning Buxoro safarida g'alaba bilan qaytishda aynan bosh murabbiyning xizmati juda katta.

Buxoroda har doim mehmon jamoaning g'alaba qozonishi mushkul vazifa hisoblangan. Ayniqsa hozirgi moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qolgan, tarkib bo'yicha tanlov ancha qisqargan va yosh futbolchilarga tayanib o'ynayotgan "Bunyodkor"ning ko'rsatgan mardonavor o'yinida Qosimovning imzosi yaqqol ko'rinib turibdi. SHunga qaramay jamoa kecha Buxoro safaridan muhim g'alaba bilan qaytishni uddaladi. "Bunyodkor" uchrashuv so'nggida ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etib, uyga 3 ochko bilan qaytishga muvaffaq bo'ldi. SHu boisdan ham Mirjalol Qosimov tur murabbiyi deya etirof etildi.


Tur futbolchisi - Artur Gevorkyan

"Qizilqum" vingeri Artur Gevorkyan ushbu turda dubl qayd etgan yagona futbolchi bo'ldi.

"So'g'diyona"ga qarshi bahsda Gevorkyan ikki marotaba jamoasini hisobda oldinga olib chiquvchi golga mualliflik qildi. Ammo bahs so'nggida mezbonlar ushbu ustunlikni saqlab qolishga muvaffaq bo'lishmadi. Lekin Artur Gevorkyan shu kuni o'z faolligi va yaxshi o'yini bilan birgalikda, yuqori samaradorlikni ham ko'rsatdi. SHu boisdan ham Artur Gevorkyanni turning eng yaxshi futbolchisi deb topdik.


Tur ramziy terma jamoasi (4-3-3):

Darvozabon: Akbar To'raev ("Navbahor")
Himoyachilar: Davron Hoshimov ("Navbahor"), Igor Golban ("Navbahor"), Anzur Ismoilov ("Lokomotiv"), Oleg Zoteev ("Lokomotiv")
Yarim himoyachilar: Jahongir Ahmadov ("Paxtakor"), Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912"), Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor")
Hujumchilar: Artur Gevorkyan ("Qizilqum"), Mirjahon Mirahmadov ("Bunyodkor"), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf")

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика