So’nggi yangiliklar

18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  1 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  14 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  5

Superliga-2018. "Bunyodkor" o'yinlarini boshqargan hakamlar Yangiliklar

Superliga-2018. "Bunyodkor" o'yinlarini boshqargan hakamlar

Superliga hakamlariga oid statistikani berishda davom etamiz.

Quyida ushbu mavsum "Bunyodkor" ishtirokidagi bahslarni boshqargan hakamlarga to'xtalib o'tamiz. Bu yil "Bunyodkor" o'yinlarini Superligada ishlagan 20 nafar hakamdan 12tasi boshqardi. Sakkiz nafar hakam esa "Bunyodkor" o'yinlariga tayinlanmadi. Bular - Aziz Asimov, Akobir SHukrullaev, Jasur Muxtorov, Asker Najafaliev, Ishoq Ibragimov, SHavkat Nasibullaev, Navaf SHukrulla va Alirizo Fag'oni.

Superligada 4-o'rinni qo'lga kiritgan jamoa ishtirokidagi bahslarni eng ko'p SHerzod Qosimov bilan Zokir Qodirov boshqardi. Har ikkala hakam beshtadan o'yinda hakamlik qildi. Ravshan Ermatov to'rtta bellashuvda ishlagan bo'lsa, Viktor Serazetdinov, Vladislav Ceytlin, Temur To'xtasinov hamda Ilgiz Tantashevlar uchtadan uchrashuvni boshqarishdi. Olim To'ychiboev ikkita o'yinda hakamlik qildi. Bittadan uchrashuvni boshqarganlar: Hasan Ro'ziev, Ahrol Risqullaev, Vadim Agishev va Valentin Kovalenko.

Zokir Qodirov boshqargan o'yinlarning hech birida "Bunyodkor" mag'lubiyatga uchramadi. Ravshan Ermatov bu jamoaning ikkita uy va ikkita safardagi bahsida hakamlik qildi. Vladislav Ceytlin faqat safardagi o'yinlarda ishladi. SHukningdek, Ilgiz Tantashev ham "Bunyodkor"ning uchta safarda kechgan bahsini boshqardi.

SHerzod Qosimov - 5 (3 g'alaba, 2 mag'lubiyat)
"Bunyodkor" - "Paxtakor" 1:0
"Paxtakor" - "Bunyodkor" 1:0
"Bunyodkor" - "Qizilqum" 2:0
"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 3:1
"Bunyodkor" - "Metallurg" 1:0

Zokir Qodirov - 5 (3 g'alaba, 2 durang)
"Bunyodkor" - AGMK 1:1
"So'g'diyona" - "Bunyodkor" 1:2
"Nasaf" - "Bunyodkor 1:4
"Buxoro" - "Bunyodkor" 0:2
"Bunyodkor" - "Lokomotiv" 2:2

Ravshan Ermatov - 4 (2 g'alaba, 2 mag'lubiyat)
"Bunyodkor" - "Buxoro" 3:1
"Navbahor" - "Bunyodkor" 2:1
"Bunyodkor" - "Nasaf" 2:1
"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 2:1

Viktor Serazetdinov - 3 (2 g'alaba, 1 durang)
"Qizilqum" - "Bunyodkor" 0:1
"Bunyodkor" - "So'g'diyona" 2:2
"Bunyodkor" - "Navbahor" 2:0

Vladislav Ceytlin - 3 (1 durang, 2 mag'lubiyat)
"Metallurg" - "Bunyodkor" 1:1
"Metallurg" - "Bunyodkor" 1:0
"Paxtakor" - "Bunyodkor" 4:0

Temur To'xtasinov - 3 (1 g'alaba, 1 mag'lubiyat, 1 durang)
"Buxoro" - "Bunyodkor" 2:2
"Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" 1:3
"Bunyodkor" - "Buxoro" 3:0

Ilgiz Tantashaev - 3 (2 mag'lubiyat, 1 g'alaba)
"Neftchi" - "Bunyodkor" 0:1
"Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" 1:0
"Navbahor" - "Bunyodkor" 1:0

Olim To'ychiboev - 2 (2 g'alaba)
"Bunyodkor" - "Metallurg" 3:1
AGMK - "Bunyodkor" 1:2

Hasan Ro'ziev - 1 (mag'lubiyat)
"Bunyodkor" - "Paxtakor" 0:2

Ahrol Risqullaev - 1 (mag'lubiyat)
"Bunyodkor" - "Lokomotiv" 1:2 

Vadim Agishev - 1 (g'alaba)
"Bunyodkor" - "Navbahor" 2:1

Valentin Kovalenko - 1 (g'alaba)
"Bunyodkor" - "Neftchi" 2:1 

Aziz Asimov - 0
Akobir SHukrullaev - 0
Jasur Muxtorov - 0
Asker Najafaliev - 0
Ishoq Ibragimov - 0
SHavkat Nasibullaev - 0
Navaf SHukrulla - 0
Alirizo Fag'oni - 0

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика