So’nggi yangiliklar

12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  0 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  0 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  1 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  2 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  5 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  3 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда даҳшатли ўйинлар бор  23 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  5

Superliga-2018. 10-turdan keyin eng ko'p muxlis “Bunyodkor”da Yangiliklar

Superliga-2018. 10-turdan keyin eng ko'p muxlis “Bunyodkor”da

Superliga bahslari qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

Uchrashuvlar shiddati va murosasizligi, stadionlarda muxlislar uchun yaratilayotgan sharoitlar va tashkil etilgan oilaviy sektorlar, uyushtirilayotgan koncert dasturlari, shuningdek turli xil akciyalar samarasi o'laroq ishqibozlar stadionlar tomon oshiqishmoqda.

Superliga 10-turidan keyin muxlislar tashrifiga etibor qaratar ekanmiz, bu borada yaqqol peshqadamlik Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga tegishli bo'lib turganini guvohi bo'lamiz. Sir emaski, avvalgi mavsumlarda “qaldirg'ochlar” muxlislar tashrifi borasida past ko'rsatkichga ega edilar. Bu ayni haqiqat. Misol uchun 2017 yilgi chempionat bahslarida “Bunyodkor” umumiy hisobda jami 13004 muxlis yiqqandi, xolos.


2018 yilgi chempionat formati o'zgarishi, bahslarning murosasiz o'tayotgani, qolaversa, muxlislar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va ular uchun tashkil etilayotgan shou-dasturlar samarasi natijasida, futbol muxlislarining stadionlarga tashrifi keskin oshdi. Bu jihat “Bunyodkor” ishtirokidagi uchrashuvlarda ham yaqqol sezilmoqda.


Superliga 10-turi yakunlangach, muxlislar tashrifi borasida “Bunyodkor” yuz minglik marrani zabt etgan birinchi jamoa bo'ldi. Mirjalol Qosimov shogirdlarining uy uchrashuvlarini tomosha qilish uchun hozircha umumiy hisobda 103236 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu o'rtacha hisobda har bir uchrashuvga 17206 nafardan to'g'ri keladi.

“Bunyodkor” futbol klubi keyingi uy uchrashuvlarini ham yanada yuqori saviyada tashkil etishga intiladi va navbatdagi bahslarda ham muxlislar uchun ajoyib shou dasturlari bilan birgalikda stadion va uning atrofida etarli shart-sharoitlar yaratilishida maksimal mehnat qiladi. Eng asosiysi – Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “Bunyodkor” futbol jamoasi maydonda maksimal shijoat bilan faqat va faqat muxlislar uchun o'ynashda davom etadi.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика