Otabek Narzullaev: "G'alaba uchun kelgandik, biroz omad etishmadi"
10 avg 22:44
Yangiliklar
Otabek Narzullaev: "G'alaba uchun kelgandik, biroz omad etishmadi"
- 3 ochko uchun kelgan edik. Biroq ozgina omad etishmadi. Xatolar evaziga gollar qo'yib yuboryapmiz. Bilmadim bu nima bilan bog'liq. Futbolchilarga har tomonlama tushuntiryapmiz, o'rgatyapmiz. Jamoada yaxshi saviyadagi yigitlar yig'ilgan. Ko'p mehnat qilishga to'g'ri kelyapti. Faqatgina jamoaga o'ziga bo'lgan ishonch etishmayapti. Shu sababli keyingi o'yinlarga puxta tayyorgarlik ko'ramiz. Mag'lubiyatlar ko'payib ketdi. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
- Jamoaga yangi kelib qo'shilgan legioner Umar Aminu haqida fikringiz.
- Umar Aminu 2-3 kun oldin keldi. Yaxshi saviyadagi futbolchi. U kecha o'yinoldi mashg'ulotlarga qo'shildi. Uni bugun 15-20 daqiqa maydonga tushirdik, uning jismoniy holati hali yaxshimas. Undan keyingi o'yinlarda foydalansak bo'ladi, balki asosiy tarkibda ham sinab ko'ramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar