Afsonaviy himoyachi faoliyatini yakunladi
11 avg 11:37
Yangiliklar


Afsonaviy himoyachi faoliyatini yakunladi
Mats Xummels professional futbolchi sifatidagi faoliyatini rasman tugatdi.
Dortmundliklar u bilan "Yuventus"ga qarshi o'rtoqlik o'yini oldidan tasirchan xayrlashdi.
36 yoshli himoyachi va Dortmundning "Borussiya"si timsollaridan biri Mats Xummels jamoa libosidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi. Bahorda u professional sportdagi faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Klub esa uni munosib ravishda kuzatib qo'yishga qaror qildi.
Xummels "Yuventus"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida asosiy tarkibda sardorlik bog'chasi bilan maydonga tushdi va 18 daqiqa harakat qildi. Shundan so'ng u almashtirildi va stadionda qarsaklar sadosi tinmadi. Xummels cheksiz olqishlar ostida hayrlashish va dastxat ulashish uchun muxlislar oldiga bordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar