So’nggi yangiliklar

03:11АПЛ. МЮ икки марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  0 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7

Superliga. "So'g'diyona" Jizzaxda "Mashal" bilan o'yinda g'alabani o'ziniki qildi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" Jizzaxda "Mashal" bilan o'yinda g'alabani o'ziniki qildi

Birozdan so'ng Superliga 18-tur doirasidagi "So'g'diyona" - "Mashal" o'yini bo'lib o'tdi.

"So'g'diyona" – "Mashal" 2:0 

10.08.2025, 18:30

Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev

Yordamchi hakamlar: Amir Galeev, Daniil Yacenko

Zaxira hakami: Dias Galeev

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Alisher Rahimqulov

Gol: Javohir Qahramonov (Islom Qobilov) 27, 1:0, Rubin Xebay (Zoir Jo'raboev) 74, 2:0

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich (s), 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islomjon Qobilov (28.Stanislav Andreev,79), 7.Xondamir Mustafoqulov (10.Shoxruhbek Abdurahmonov, 79), 8.Suhrob Izzatov, 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev (46.Inomjon Abdumajidov, 86) 19.Javohir Qahramonov (9.Samandar Mavlonqulov,  86), 33.Sardor Rahmonov, 70.Jasurbek Jaloliddinov, 98.Rubin Xebay (18.Oybek Nurmatov, 79)

Zaxira: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 4.Otabek Ahadov, 5.Behruz Jumatov.  32.Nodirjon Soyibov, 

"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 5.Samandar Ochilov, 7.Islombek Baratov (13. Nuriddin Nuriddinov, 85), 8.Sardor Abduraimov (57.Umar Aminu,85) (s), 9.Ibrohim G'anixonov (28.Ergash Ismoilov,73), 19.Islom Sharipov ( 6.Javohir Abdualimov, 73), 15.Muhammadali Aliqulov, 17.Anvar Murodov, 22.Nurjahon Muzaffarov, 37.Sherzod Fayziev, 80.Dmitriy Yashin

Zaxira: 1.Umidjon Hamroev, 11.Asadbek Samariddinov,  35.Shaxboz Jo'raev, 77.Jamshid Hasanov, 


 MATNLI TRANSLYACIYA

90+6.  Uchrashuv yakunlandi.

90+2. ZARBA. "Mashal" futbolchisi Nuriddinovning zarbasi darvoza ustuniga tegdi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

86. O'ZGARISH. "So'g'diyona", Javohir Qahramonov o'rniga Samandar Mavlonqulov, Lyupche Doriev o'rniga Inomjon Abdumajidov tushdi.

85. O'ZGARISH. "Mashal", Sardor Abduraimov o'rniga Umar Aminu, Islombek Baratov o'rniga Nuriddin Nuriddinov tushdi.

79. O'ZGARISH. "So'g'diyona", Rubin Xebay o'rniga Oybek Nurmatov, Xondamir Mustafoqulov o'rniga Shoxruhbek Abdurahmonov, Islomjon Qobilov o'rniga Stanislav Andreev tushdi.

74. GOL. Zoir Jo'raboevning jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'piga Xebay birinchi etib kelib darvozaga burib yubordi. To'p "Mashal" himoyachisi Sherzod Fayzievga ham tekkandi. Gol Xebayga yozildi.

73. O'ZGARISH. "Mashal", Ibrohim G'anixonov o'rniga Ergash Ismoilov, Islom Sharipov o'rniga Javohir Abdualimov tushdi.

67. Doriev va Mustafoqulov tandemda hujum qilishdi. Yakuniy zarba noaniq.

60. Ikki jamoa ham o'rta tempda o'yinni davom ettiryapti.

55. "Mashal" qarshi hujumlarni poylamoqda. Hozircha samarasiz.

48. ZARBA. "Mashal" futbolchisi Anvar Murodov kuchli zarba bilan mezbonlar darvozasini nishonga oldi. Mitrovich qiyinchilik bilan to'pni qaytarib yubordi.

46. ZARBA. Doriev jamoadoshining uzatmasini to'xtatmay darvozaga yo'lladi. Muborakliklar posboni To'xtaboev to'pni qaytardi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45+2. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

41. Jasur Jaloliddinovning amalga oshirgan jarima zarbasi jonli devorga tegdi. 

38. UX. Lyupche Doriev juda va juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Doriev darvozabonni aldadi,lekin Yashinga kuchi etmadi.

27. GOL. "So'g'diyona" uchrashuvda hisobni ochdi. Islom Qobilovning yuqorilatib jarima maydonchasi ichiga bergan uzatmasini Javohir Qahramonov boshi bilan golga aylantirishga muvaffaq bo'ldi.

23. Jamoalar suv ichib salqillanib olishdi.

23. Mustafoqulov darvozaga zarba yo'lladi. O'ta noaniq.

18. O'yyn tempi past.

15. "Mashal"dan yaxshi tashkil qilingan hujum. Murodov to'pga zarba bera olmadi.

8. Ikki jamoa ham extiyotkorlik bilan o'ynmoqda.

5. Sardor Rahmonovning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

- O'yinga start berildi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa tayyor!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика