So’nggi yangiliklar

01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  13

Ivan Boshkovich: "Ob-havo ham o'yinga tasirini o'tkazdi" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Ob-havo ham o'yinga tasirini o'tkazdi"

Superliganing 18-turini boshlab bergan "So'g'diyona" - "Mashal" uchrashuvining yakunidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bahs shunday o'tishini kutgandik. Biz raqib zich himoya bilan o'ynashini bilardik va uni engib o'tish bo'yicha tayyorlangandik. Vaziyatlarimizni yaratdik va gollar urdik. Ammo, baribir vaziyatlardan foydalanishda oqsamoqdamiz. Oxirida asabiy o'yin bo'lmasligi uchun ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Raqib ikkinchi golga qadar tezkor qarshi hujumlar orqali to'p kiritishga harakat qildi va hatto xavfli vaziyatlar ham yuzaga keltirdi. Ammo, aytishim mumkinki, biz to'liq 90 daqiqa davomida o'yinni nazorat qildik. Bunday o'yinlarni ertaroq va xotirjamroq tugatish kerak. Yigitlarimni tabriklayman. Hali ishlaydigan jihatlarimiz ko'p. Realizaciya yaxshiroq holatda bo'lishi kerak. Golga tortadigan vaziyatlar juda ko'p. Biroq asosiysi g'alaba. Jadvalda biroz bo'lsa-da, ko'tarildik. Biz hali ham biz kutgan joyda emasmiz. Oldinda o'yinlar juda ko'p. Bu yigitlar oxirigacha kurashadi. Jamoam yaxshi futbol namoyish qilmoqda. Yangi futbolchilarni rivojlantiryapmiz.  Yangi futbolchilarimdan ko'p narsani kutyapman. 

5 kundan keyin mehmonda "Paxtakor" bilan o'ynaymiz va bu o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Doim g'alaba uchun kurashamiz, hozir yaxshi holatdamiz va ortga yo'l yo'q. Faqat oldinga!

- Ob-havo bugun o'yinga o'z tasirini o'tkazdimi? Bahs ertaroq boshlandi.

- Menimcha, ha. Ayrim epizodlardan keyin futbolchilarimning tez charchab qolganini ko'rdim. Dinamik futbol bizdan biroz qochdi. Shunda ham qo'limizdan kelgancha dinamik futbol o'ynashga harakat qildik. Biroq futbolchilarim tez-tez bo'layotgan o'yinlardan keyin kichik epizodlarda toliqishni his qilishmoqda. Ikkinchi bo'limda biroz salqin tushdi va kattaroq kuch bilan futbol o'ynadik. Albatta, bu o'yinning tasirini o'tkazdi.




Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика