So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  4 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Superkubok oldidan. "Navbahor", "Neftchi", "Surxon" matbuot kotiblari qanday fikrda? Yangiliklar

Superkubok oldidan. "Navbahor", "Neftchi", "Surxon" matbuot kotiblari qanday fikrda?

Bugun "Paxtakor" va "Nasaf" o'rtasida O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin bo'lib o'tadi.

Ushbu uchrashuvdan oldin Superliga klublarida ishlayotgan matbuot kotiblarining fikrlari bilan qiziqdik.

"Bitta o'yindan iborat bo'lgan har qanday hal qiluvchi bahslarda jamoalar ehtiyotkorlik bilan harakat qilib, natija uchun o'ynaydi. Bo'lajak uchrashuv ham bundan mustasno bo'lmaydi, albatta.

“Paxtakor”ning tarkibi o'tgan yilgiga qaraganda, kuchsizlangan bo'lsa, “Nasaf” tarkibida yo'qotishlar bor. Bu ham o'yinga o'z tasirini o'tkazadi. SHu bois, takidlaganimdek, bellashuv unchalik shiddatli tarzda kechmasligi, jamoalar faqat natija uchun o'ynashi ehtimoli yuqori.

Menimcha, bo'lajak bahsda “Nasaf”ning imkoniyatlari biroz yuqori va ushbu o'yinda qarshiliklar g'alaba qozonishsa kerak", - dedi "Navbahor" matbuot kotibi Ulug'bek Umarov.



"Bugungi uchrashuvda qarshiliklarni favorit deyish mumkin, ular alaqachon "Paxtakor" bilan finallarda qanday o'ynashni biladi. Lekin Maksim SHackix aytganidek, agar yoshlarga yaxshi motivaciya berilsa, ularga faoliyatidagi birinchi katta yutug'ini yutish yaxshi singdirilsa toshkentliklarning maqsadi amalga oshadi. Imkoniyatlarni foizda ko'rsatadigan bo'lsam "Paxtakor" - "Nasaf" 45%-55%", - dedi "Neftchi" matbuot kotibi Saidafzal Abdullaev.



"Professional Boks muxlislari Tayson Fyuri va Oleksandr Usik o'rtasidagi jangni albatta tomosha qilishdi. Ukrainalik bokschi og'ir vaznda mutlaq jahon chempioniga aylangan. Superkubok uchun bahs aynan shu toifaga kiradi. Bu o'yinda xato qilish uchun imkoniyat yo'q va g'olib ramziy manoda mamlakatning mutlaq chempioniga aylanadi. So'nggi yillarning eng yaxshi jamoalari superkubok uchun o'ynashayotganida, boshqacha bo'lishi mumkinmi? Albatta, yo'q.

Qarshining “Nasaf” anchadan beri “Paxtakor”ga muntazam bosh og'riq keltiruvchi jamoa sifatida o'zini namoyon qilgan. Jamoaning o'ziga xos uslubi, katta tajribaga ega murabbiyi, iqtidorli futbolchilari bor. SHu bilan birga, “Paxtakor” har qanday holatda ham faqat g'alaba uchun kurashishini barcha skeptiklarga allaqachon isbotlab kelgan. “Paxtakor”ni bir qancha etakchilar tark etishdi, ammo shunga qaramay jamoa “Nasaf” bilan taqqoslanadigan o'yin ko'rsatmoqda. Qolaversa, "sherlar"ning o'zininng jokeri Dragan CHeran bor. U o'zbekistonlik Zlatan Ibragimovichga o'xshaydi: hamma uni nafaqaga jo'natadi, lekin bunga javoban u gollar uradi va to'xtab qolmoqchi emas

Balki uchrashuv penaltilar seriyasiga o'tishi mumkin, bunda asosiy faktor futbolchilarning nafaqat futbol fazilatlari, balki psixologiyasi ham bo'ladi. Ammo bu uchrashuvdan ko'p narsa kutish mumkin, chunki ushbu ikki jamoada o'yinning malum bir nuqtasida uchrashuv natijasini hal qila oladigan ajoyib o'yinchilar bor. Ikkala jamoada ham yo'qotishlar bor, ammo "Nasaf"da ham, "Paxtakor"da ham ularning o'rnini bosa oladigan futbolchilar zaxirasi bor. Masalan, “Surxon”ning “Nasaf”ga qarshi o'ynaganini eslayman, Akmal Mozgovoy Qarshi jamoasida himoyada o'ynagan. Bu omillarning barchasini hisobga olsak, Maksim SHackix va Ro'ziqul Berdiev o'rtasidagi jang yanada qiziqarli bo'lib bormoqda.

Lekin bu o'yin sermaxsul bo'ladi deb o'ylamayman. Bu nafaqat Superkubok g'olibini aniqlaydigan jang. Bu o'zbek futboli uchun o'ziga xos reklama bo'ladigan o'yin. Ikki teng jamoa. Ikki buyuk kuch. Bitta kubok. Ko'rish kerak bo'lgan o'yin. CHet el ommaviy axborot vositalarida aytilganidek - Must See", - dedi "Surxon" matbuot kotibi Evdokim Raimov.




Paxtakor

Dragan CHeran - 55', SHahzod Azmiddinov - 90', Umar Adhamzoda - 90', Dostonbek Hamdamov - 90'

O'zbekiston Superkubogi. 1-tur

29/05/2024, 19:00

5
:
4
Tugadi

Nasaf

Sharof Muhitdinov - 80', Javohir Sidiqov - 90', Akmal Mozgovoy - 90', Abduvohid Nematov - 90', Viktor Da Silva - 90'

45'
90'
38'  Saidumarxon Saidnurullaev
54'  Dragan CHeran
55'  Dragan CHeran
85'  Behruz Asqarov (Diyor Ortiqboev)
90'  Muhammadali Usmonov (Abbos Ergashboev)
90'  SHahzod Azmiddinov
90'  Umar Adhamzoda
90'  Dostonbek Hamdamov
68'  Islom Kenzhaboev
74'  Zafarmurod Abdurahmatov (Murodbek Rahmatov)
74'  Jambuli Jigauri (Viktor Da Silva)
74'  Islom Kenzhaboev (Temur Chogadze)
74'  Zoran Marushich (Bobir Abdixoliqov)
80'  Sharof Muhitdinov
83'  Marko Stanoevich (Javohir Sidiqov)
90'  Javohir Sidiqov
90'  Akmal Mozgovoy
90'  Abduvohid Nematov
90'  Viktor Da Silva

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика