So’nggi yangiliklar

10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  1 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  0 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   1 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   7 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  33 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0

Sunnatillo Abdurasulov: “Pulka “Lokomotiv-BFK” uchun og'ir o'tdi” Yangiliklar

Sunnatillo Abdurasulov: “Pulka “Lokomotiv-BFK” uchun og'ir o'tdi”

Bu yil birinchi ligada ishtirok etgan “Lokomotiv-BFK” 15-o'rinni egallagach, pulka bahslarida qatnashish orqali o'z o'rnini saqlab qolishi mumkin edi.

Sunnatillo Abdurasulov boshqaruvidagi jamoa Farg'onadagi o'tish turnirida ijobiy qatnashib, yakunda kelasi yil ham birinchi ligada ishtirok etish xuquqini o'zida saqlab qoldi. SHu munosabat bilan Abdurasulovdan intervyu oldik.

-Bu yilgi pulka o'yinlari ikki viloyatda o'tkazildi. Buxorodagi o'tish turnirida “G'ijduvon” o'z o'rnini saqlab qolgan bo'lsa, yana bir o'rin “Nurafshon”ga nasib etgan. Menimcha Farg'onadagi pulka qiziqarli va jiddiy kurashlar ostida o'tdi.

- Ochig'ini aytganda, pulka bahslari “Lokomotiv-BFK” uchun juda og'ir o'tdi. Unga ko'ngildagidek tayyorlana olmagandik. SHu tomondan biroz xavotir bor edi. Sababi birinchi liga o'yinlari yakuniga etgach, ayrim sabablarga ko'ra yigitlar ko'proq tatilda bo'ldi.

- Pulkadagi ilk uchrashuvda “Norin”ga 4:1 hisobida mag'lub bo'lganimizdan keyin yigitlarni ruhiy jihatdan tayyorlash qiyin bo'ldi. Ammo keyingi o'yinda “G'allakor-Barsa”ni 6:0 hisobida taslim etib, ruhiy o'radan chiqib ketdik.


- O'tish turniri haqida yana aytadigan bo'lsam, kuchli jamoalar ishtirok etdi. Ayniqsa menga “Norin” jamoasi yoqdi. Tarkibida o'z vaqtida oliy va birinchi ligada o'ynagan futbolchilar borligi ham ularga qo'l keldi. Boshqa jamoalar ham chakki emas. Lekin saviya va klass borasida “Lokomotiv-BFK” boshqalarga nisbatan biroz yuqoriroq edi. Futbolchilarim yosh bo'lishiga qaramay, birinchi ligada o'ynab yaxshigina tajriba oshirmoqda. Ularning ishtirokidan to'liq qoniqdim deya olaman.

- Hal qiluvchi bahsda navbat penaltilar seriyasiga etib kelgach, darvozabonimizdan qahramonlikni kutmagandim. Aksincha o'zimiz aniq to'p kirita olishimiz lozimligini yigitlarga uqtirgandim va shunga umid qilib turdim. Ko'rdingiz, iqtidorli posbonimiz peanltilar seriyasda ham o'zini ko'rsata oldi. Aynan uning ikki bor to'p qaytargani, jamoaga katta foyda keltirdi. Umuman aytganda, Ravshanbek Yagudin butun o'yin davomida ajoyib seyvlar namoyish etib, muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Uni turnir davomida ko'rgan mutaxassislar qiziqa boshladi va bizdan u haqda so'rashdi. Yagudin endigina 19 yoshga to'ldi. O'z ustida ishlash kerakligini unutib qo'ymaydi. Birinchi bosqichda ajoyib o'yin ko'rsatdi. Ammo ikkinchi davrada unda biroz pasayish kuzatildi. Butun mavsum mobaynida deyarli barcha o'yinlarda u xarakat qildi. SHu bois etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Agarda unga kelajakda oliy va birinchi liga klublaridan qiziqarli taklif bo'lsa, rahbariyat bilan ko'rib chiqamiz.

- Kelgusi rejalar haqida nima deyish mumkin? Futbolchilarga yanvar oyiga qadar dam beramiz. Biz uchun mavsum uzoq davom etdi. Yaqin kunlarda klub rahbarlari bilan uchrashib, kelasi yilga tayyorgarlik jarayoni qay tarzda amalga oshishi xususida maslahatlashib olamiz. SHundan so'ng yigitlarni yana yig'amiz va bo'lajak mavsumga hozirlik ko'rishni boshlaymiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика