Sulsher MYUga vaqtinchalik murabbiy sifatida qaytishga tayyor
05 jan 22:55
Yangiliklar
Sulsher MYUga vaqtinchalik murabbiy sifatida qaytishga tayyor
Bugun MYU Amorimni bosh murabbiy lavozimidan bo'shatganini rasman elon qildi. Jurnalist Rich Feyning xabariga ko'ra, norvegiyalik mutaxassis klubga vaqtinchalik murabbiy sifatida yordam berishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Sulsher avvalroq 2018 yilning dekabridan 2021 yilning noyabrigacha "qizil iblislar"ni boshqargan edi. Uning qo'l ostida jamoa APLda 2- va 3-o'rinlarni egallagan, shuningdek, Evropa Ligasi finaliga qadar etib borgan.
Ayni damda "Manchester Yunayted" APLda 20 turdan so'ng 31 ochko bilan turnir jadvalining 6-pog'onasida bormoqda.
Avvalroq "Yunayted" Amorimning o'rniga asosiy nomzod sifatida "Kristal Pelas"ni boshqarayotgan Oliver Glasnerni ko'rayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, nomzodlar qatorida Kiran Makkenna ("Ipsvich"), Enco Mareska (sobiq "Chelsi") va Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsmann bor. Shu bilan birga, klub vaqtinchalik murabbiy tayinlash variantini ham ko'rib chiqmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar