"Yuventus"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 6 ta o'yinga etdi – 5 ta g'alaba va bir durang
07 jan 12:22
Yangiliklar
"Yuventus"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 6 ta o'yinga etdi – 5 ta g'alaba va bir durang
"Yuventus" mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.
Turin klubi mag'lubiyatsiz seriyasini 6 ta o'yinga etkazib oldi. Bugun Luchano Spalletti shogirdlari Seriya Aning 19-turi doirasida safarda "Sassuolo"ni yirik hisobda mag'lub etdi (3:0).
Barcha musobaqalarni hisobga olsak, turinliklar oxirgi 6 ta o'yinda 5 ta g'alaba qayd etishdi va faqatgina "Lechche" (1:1) bilan durang o'ynashdi.
2025 yilning oktyabr oyida Igor Tudor istefoga chiqarilganidan so'ng, "Yuventus" o'tkazilgan 15 ta uchrashuvda faqat bir bor – "Napoli"ga (1:2) imkoniyatni boy berdi xolos.
"Yuventus" navbatdagi uchrashuvini 12 yanvar kuni "Kremoneze"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar