Messi Mayamidagi hayoti haqida: "Bu erda ancha xotirjam yashayapman. Odamlar futbolga katta ahamiyat berishmaydi"
07 jan 11:54
Yangiliklar
Messi Mayamidagi hayoti haqida: "Bu erda ancha xotirjam yashayapman. Odamlar futbolga katta ahamiyat berishmaydi"
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi Mayamidagi hayoti haqida gapirib berdi.
"Bu erda ancha xotirjam yashayotganim bor gap. Mayamining biz yashaydigan qismida hamma narsa ko'proq amerikacha uslubda: odamlar boshqacha hayot kechirishadi va futbolga u qadar katta ahamiyat berishmaydi.
Barselonada doim qaergadir borardim va odamlar bunga o'rganib qolishgandi. Men deyarli Barselonada tug'ilganman, butun umrim o'sha erda o'tgan. Doim bir xil joylarga borardim, odamlar meni doimiy ravishda ko'rishardi, shuning uchun bu normal holat edi.
Bu erda ham hayotimiz ancha bir maromda kechmoqda. Biz farzandlarimizga bog'lanib qolganmiz, ularning hayoti va jadvali bilan yashaymiz. Avval aytganimdek, ular darslarini tugatishadi va biz mashg'ulotga yo'l olamiz", — dedi Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar
МЛС-ҳотиржамлик.
Саудия-пул.