So’nggi yangiliklar

15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  7 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7

U-23 Osiyo Kubogi: yurishimiz Livandan boshlanadi. Raqib haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

U-23 Osiyo Kubogi: yurishimiz Livandan boshlanadi. Raqib haqida nimalarni bilamiz?

Musobaqadagi ilk raqib haqida batafsil.

O'zbekiston yoshlar futboli uchun navbatdagi muhim sinov boshlanmoqda. Saudiya Arabistonida o'tayotgan U-23 Osiyo Kubogida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-21 terma jamoasi bugun ilk uchrashuvini o'tkazadi. Musobaqadagi birinchi raqib — Livan U-23 terma jamoasi.

Qita miqyosidagi bunday turnirlarda birinchi o'yin har doim alohida ahamiyatga ega. Ilk bahs jamoaning ruhiy holati, ishonch darajasi va keyingi bosqichlar uchun yo'nalishni belgilab beradi. Shu bois Livanga qarshi uchrashuv oddiy start emas, balki butun musobaqadagi yurishimiz uchun muhim poydevor vazifasini o'taydi.

Livan U-23: tarixiy debyut va katta ishtiyoq

Livan U-23 terma jamoasi o'z tarixida birinchi marta U-23 Osiyo Kubogi final bosqichida ishtirok etmoqda. Bu jamoa avval hech qachon mazkur yosh toifasidagi qita chempionatiga yo'l olmagan. Shu manoda, Livan uchun bu turnir — katta tajriba bo'lib xizmat qilishi shubhasiz.

Debyutchi maqomi ayni paytda ikki xil holatni anglatadi: bir tomondan — tajriba etishmasligi, ikkinchi tomondan esa hech qanday bosimsiz, erkin va xotirjamlik bilan o'ynash imkoniyati. Shu jihatdan Livan jamoasini kamsitish yoki faqat statistikaga tayanish xato bo'lishi mumkin.

Saralash bosqichi: barqarorlik va xarakter

Livan saralash bosqichida “F” guruhida ishtirok etdi. Raqiblar orasida Malayziya, Tailand va Mo'g'uliston bor edi. Natijalar Livan jamoasining barqaror o'yini va kurashuvchan xarakterini yaqqol ko'rsatdi:

Malayziya — Livan 0:1

Livan — Tailand 2:2

Livan — Mo'g'uliston 3:0

Ikkita g'alaba va bir durang bilan Livan guruhda ikkinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rin sohiblari orasida uchinchi bo'lib final bosqichga chiqqani ham jamoaning etarlicha raqobatbardosh ekanini anglatadi. Ayniqsa, Tailandga qarshi o'yinda ko'rsatilgan xarakter va hujumkorlik etiborga loyiq.

Legionerlarga tayangan tarkib

Livan U-23 terma jamoasi tarkibida 7 nafar legioner futbolchi borligi ham muhim omil. Bu futbolchilar turli mamlakatlar va turli futbol maktablarida shakllangan:

Jad Smaira — "Akronas Onisilos" (Kipr)

Yusuf El Haji — "SV Gonsenxeim" (Germaniya)

Xoder Xaddur — "Janubiy Melburn" (Avstraliya)

Daniel Istambuli — "Pioners" (AQSH)

Leonardo Shahin — "IK Oddevold" (Shveciya)

Nur Aoude — Oklend universiteti (AQSH)

Antoni Maasri — "Villemomble" (Franciya)

Bu legionerlar jamoaga jismoniy tayyorgarlik, taktik intizom va xalqaro tajriba olib kirgani shubhasiz. Ayniqsa, Evropa va Avstraliya chempionatlarida to'p tepayotgan futbolchilar o'yini qiziq bo'ladi. 

Bosh murabbiy haqida

Livan U-23 terma jamoasiga Jamal Taha bosh murabbiylik qilmoqda. U Livan futboli uchun mutlaqo begona shaxs emas. Avval ham milliy terma jamoa, ham U-23 jamoasi bilan ishlagan mutaxassis sifatida mamlakat futboli ichidagi imkoniyatlarni yaxshi biladi. Bu esa jamoaning taktik jihatdan ancha yig'iq va intizomli o'ynashiga zamin yaratadi.

O'zbekiston — Livan: tarix biz tomonda

O'zbekiston va Livan o'rtasida turli yosh toifalarida o'tgan o'yinlar tarixiga nazar tashlasak, ustunlik asosan bizning jamoalar tomonida:

2023. O'rtoqlik turniri: O'zbekiston U-14 — Livan U-14 1:0

2018. O'rtoqlik uchrashuvi: O'zbekiston — Livan 0:0

2017. U-23 OK saralash: O'zbekiston U-23 — Livan U-23 3:1

2016. O'rtoqlik: O'zbekiston — Livan 2:0

2013. JCH saralashi: O'zbekiston — Livan 1:0

2012. JCH saralashi: Livan — O'zbekiston 1:1

2008. JCH saralashi: O'zbekiston — Livan 3:0

2008. JCH saralashi: Livan — O'zbekiston 0:1

Bu natijalar psixologik jihatdan ham O'zbekiston foydasiga ishlaydi. Biroq har bir yangi turnir — yangi tarix ekanini ham unutmaslik lozim.

Xulosa

Livan U-23 terma jamoasi nomiga qarab sodda raqibdek tuyulishi mumkin, ammo faktlar boshqacha manzarani ko'rsatadi. Ilk bor ishtirok etayotgan bo'lsa-da, saralashda ishonchli o'yin, legionerlarga boy tarkib va tajribali murabbiy jamoani jiddiy raqibga aylantiradi.

Shu bilan birga, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'z oldiga qo'ygan maqsadlari, tajribasi va futbol maktabi bilan bu bahsda favorit maqomida. Eng muhimi — ilk o'yinda xotirjamlik, intizom va o'z uslubimizga sodiq qolish.U-23 Osiyo Kubogidagi yurishimiz Livandan boshlanadi. Ilk qadam esa muvaffaqiyatli chiqishi keyingi o'yinlarga ham o'z tasirini o'tkazadi. 

Malumot uchun, uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
08 jan 00:15:49
Муроджон Болтабойов
Рустам
Турдимуродов нега йук
   
07 jan 18:40:32
O'ZBEK futbol fanati
Нмага икки йош кичкина жамоа блан катнашяпти
   
07 jan 15:57:38
Фарход
Омад ёшлар ТЖга. Голиб булиб кайтишларини кутиб коламиз!
   
07 jan 14:31:03
Барса1970
23 ёшлар таркибини ким билади
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика