So’nggi yangiliklar

20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  0 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  1 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  5 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  3 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  6 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  1 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  24 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  7 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1

Suhrob Izzatov: “Bunyodkor” o'z nomiga yarasha o'ynashda davom etadi” Yangiliklar

Suhrob Izzatov: “Bunyodkor” o'z nomiga yarasha o'ynashda davom etadi”

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Tarkbida katta yo'qotishlar kuzatildi. Deyarli 80 foiz asosiy tarkib futbolchilari “qaldirg'ochlar” bilan xayrlashdi. Xo'sh, jamoa yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rmoqda? Bunga javob olish istagida Suhrob Izzatov fikrlariga quloq tutdik.  

- “Bunyodkor”ning yangi mavsumga tayyorgarligi qay tariqa ketmoqda?

- Tayyorgarligimiz yaxshi davom etmoqda va asosan jismoniy holatimizni yaxshilashga katta etibor berilgan. SHu orqali o'quv-yig'in mashg'ulotlarimiz rejadagidek ketmoqda. SHuningdek, nazorat uchrashuvlariga ham etibor qaratilmoqda. 

- Yig'inda yangilar kelib qo'shilishda davom etmoqdami?

- Asosan yoshlar tarkibimizdagi yigitlar mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. SHuningdek, AGMKdan kelgan Suhrob Sultonov, Dilshod Jo'raev va “Andijon”da to'p tepgan Usmonali Usmonalievlar jamoamiz bilan birga.  Menimcha, murabbiylar shtabi yangi o'yinchilarni taklif qiladi. “Bunyodkor”ning selekciya ishlari to'xtab qolmaydi. 

- Mavsum yakuniga etganidan so'ng ko'plab tajribali futbolchilar tark etdi. Yo'qotishlar “Bunyodkor”ga qanchalik o'z tasirini o'tkazadi?

- Yo'qotishlar albatta o'z tasirini o'tkazadi. CHunki tajribali futbolchilarimiz tark etdi. Bu katta yo'qotish hisoblanadi. Biroq “Bunyodkor” o'z nomiga va mavqeiga yarasha harakat qiladi. Bo'lajak mavsum davomida ham boshqalardan qolishmaslikga ham kerakli ochkolarin jamg'arishda davom etamiz. Kim tark etsa ham jamoa maqsad va vaziflari aslo o'zgarmaydi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика