So’nggi yangiliklar

21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  13 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  1 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  573 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  2 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  3 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   2 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  44 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  5 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0

Suhrob Berdiev: "Superligada har bir uchrashuvga alohida yondoshuv bilan tayyorgarlik ko'rish lozim" Yangiliklar

Suhrob Berdiev: "Superligada har bir uchrashuvga alohida yondoshuv bilan tayyorgarlik ko'rish lozim"

Superliga 15-turi doirasida “Qo'qon-1912” jamoasi Namanganda “Navbahor” mehmoni bo'ladi.

“Vodiy derbisi” maqomi ostida o'tadigan o'yin oldidan qo'qonliklar etakchilaridan biri Suhrob Berdiev PFL rasmiy saytiga o'yinoldi tayyorgarlik jarayoni qanday o'tayotgani haqida gapirib berdi.

“Bu yil chempionatimiz avvalgilaridan ancha o'zgacha tarzda o'tyapti. Superliga ham tashkiliy, ham o'yin borasida Oliy ligadan farq qilishini barchamiz ko'rib turibmiz. Endilikda barcha uchrashuvlar shiddatli tarzda kechyapti. Jamoalar har bir ochko uchun juda qizg'in kurash olib borishyapti. Bu esa milliy chempionatimiz saviyasi o'sayotganidan dalolat, deb bilaman. O'FA hamda PFL o'zbek futboli saviyasini oshirish, yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish uchun ancha samarali ish olib borayotgani barchamizni xursand qilyapti. Yaqin vaqt ichida hozir qilinayotgan mehnatlar o'z samarasini beradi, deb o'ylayman”, - deya so'z boshladi mahoratli yarim himoyachi.



“Ayniqsa, stadionlarimizga muxlislar tashrifi oshgani, ishqibozlarning futbolga etibori ijobiy tomonga o'zgarayotgani quvonarli. “Qo'qon-1912” jamoasi ham o'zining ko'psonli ashaddiy ishqibozlarini imkon qadar yaxshi o'yin namoyish etib, ularni g'alabalar bilan xursand qilishga urinyapti. Hozir har bir tur o'yiniga o'zgacha tarzda tayyorgarlik ko'rish talab etilyapti. Masalan, kelasi turda “Navbahor” bilan bahs yuritamiz. Raqib jamoa ham bu yil ancha yaxshi o'ynayapti. Ularga qarshi o'yin oson o'tmasligi tayin. SHu boisdan bizning jamoamiz ham o'yinga yaxshi hozirlik olib borishga urinyapti. Nasib etsa, “Vodiy derbisi”da o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatib, muxlislarimizga ajoyib g'alaba taqdim etishga urinamiz.”

“SHaxsan o'zim hozircha namoyish etayotgan o'yinimdan qoniqayotganim yo'q. Futbolchi muntazam ravishda o'z o'yinini yaxshilab, o'z mahorati ustida ishlagani yaxshi, deb o'ylayman. Mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilib, masuliyatli uchrashuvlarda jamoam g'alabalariga o'zimning munosib xissamni qo'shishga harakat qilaman”, - dedi Suhrob Berdiev.

 

“Qo'qon-1912” matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика