Suares yana Koutinoga "enagalik" qildi (+FOTO)
09 fev 2018 11:14
Yangiliklar
Suares yana Koutinoga "enagalik" qildi (+FOTO)
Qishki transfer oynasida "Liverpul"dan "Barselona"ga o'tgan Filippe Koutino yangi klubi safida debyut golini urdi.
Bu gol "Valensiya"ga qarshi Ispaniya Kubogi yarim final javob uchrashuvida sodir bo'ldi. Luis Suares Koutino gol urishi uchun ajoyib uzatma amalga oshirdi. Urugvaylik forvard bu ishni ikkinchi marta qilmoqda. 2013 yil Filippe Koutino "Liverpul" safida birinchi golini urishi uchun ham Suares "enagalik" qilgan. "Suonsi"ga qarshi APLning 27-tur bahsida Koutino "qizillar" safidagi birinchi golini urishi uchun Suares golli pas bergan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar