So’nggi yangiliklar

23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  1 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  0 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  37 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  22 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  5

Srechko Katanec: "Jahon chempionati saralash o'yinlarida rotaciyaga yo'l qo'yib bo'lmaydi" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Jahon chempionati saralash o'yinlarida rotaciyaga yo'l qo'yib bo'lmaydi"

JCH-2026 saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Turkmaniston (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Srechko Katanec matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Futbolchilarni g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi taymda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi, ammo unumli foydalana olmadik, ikkinchi bo'limda esa raqibga bosimni davom ettirdik va kerakli natijaga erishdik. Hozirgi kunda barcha terma jamoalar bizni hurmat qilishadi. Umid qilamanki, sentyabr oyida ham futbolchilar shunday yaxshi formada bo'lishadi. 

- Tanaffusda shogirdlaringizga nimalar dedingiz? 

- Turkmaniston doim to'rt himoyachi bilan o'ynab kelardi, bugun esa besh himoyachi bilan o'ynadi. SHu bois, ikkinchi taymda to'rt himoyachi bilan o'ynashga qaror qildik. Har bir o'yindan o'zimizga yangi narsa o'rganamiz, bugun Husniddin Aliqulovni o'ng qanotda o'ynatib ko'rdik va u bizni hayron qoldirdi. Ayniqsa, uchinchi golda uning uzatmasi yaxshi chiqdi. 

- Birinchi taymda Oston O'runov juda qulay imkoniyatda SHomurodovga to'pni oshirmadi. O'sha vaziyat uchun O'runovga nimadir dedingizmi? 

- Yo'q, hech narsa deganim yo'q. Sababi, dunyo darajasidagi top futbolchilarda ham bunday holat uchrab turadi. 

- Terma jamoaning mag'lubiyatsiz seriyasi 14 taga etgani bilan tabriklayman. Kambeklar bo'yicha ham ajoyib natija qayd etildi. Siz kelganingizda, terma jamoa ikkita muammo bor edi: markaziy himoyadagi muammo hal etildi. Ammo ayni paytda Abduvohid Nematov ajoyib formada, O'tkir Yusupov Qatardagi Osiyo kubogida 5 ta o'yindan 4 tasida xato qildi. Balki Nematovga imkoniyat berarsiz? 

- Dunyoning eng kuchli darvozabonlari ham xato qiladi. Terma jamoa darvozabonlar murabbiyi tavsiyasiga ko'ra, Yusupovni maydonga tushiramiz. Hujumchilar ham gol ura olmaydi, ammo darvozabon gol o'tkazsa, hammaga ko'rinadi. 

- Penaltilar seriyasi o'zbek futbolining muammosi hisoblanadi. SHu kamchilikni ham to'g'rilasa bo'ladimi? 

- Penaltini mashg'ulotda tepish juda oson, o'yin paytida esa bosim butkul boshqacha bo'ladi. Mashg'ulotda 50 ming tomoshabin hamda kameralar bo'lmaydi. O'yin paytida esa bosim va qo'rquv bo'ladi, hatto Messi ham ko'plab penaltidan gol ura olmagan. U-23 Osiyo kubogi finalini TV orqali tomosha qildim, bizning futbolchi 11 metrli nuqtadan raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi. Bunday holat uchrab turadi. Negadir Superligada ham penaltilarni legionerlar tepishmoqda: "Navbahor"da nimagadir Iskanderov emas, Tabatadze, "Paxtakor"da esa CHeran va hokazo. Terma jamoada mashg'ulot o'tkazish uchun ikki kungina vaqt bo'ldi, shundan bir kunini penaltilarga bag'ishlasak, menimcha, noto'g'ri bo'ladi. 

- Barchamiz Turkmaniston kuchli terma jamoa emasligini bilamiz, bugun tarkibda rotaciya qilsangiz bo'lmasmidi? 

- Jahon chempionati saralash o'yinlarida rotaciyaga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Gonkong va Eron o'rtasidagi o'yinni ko'rdingizmi? Eron safida Azmun, Taremi kabi etakchilar maydonga tushishdi. 10 yildan buyon birga o'ynab kelayotgan futbolchilar o'ynashdi. Uzoq safarga borib, Gonkongga qarshi uchrashuvda asosiy futbolchilar to'p tepishdi. Fayzullaevdan so'rab ko'ring, 23 yoshgacha terma jamoada o'ynash qanday va MTJda to'p tepish qandayligini aytadi. Dunyo futbolida ikkinchi taymda maydonga tushgan futbolchilarning natijaga hissasi katta bo'lmoqda. Bizga Jahon chempionatiga chiqish uchun 10 nafar futbolchi etmaydi, kamida 17-18 nafar futbolchi kerak. 

- SHomurodov terma jamoa sardori, lekin bugun oxirgi 15 daqiqada u charchab qolgandek tuyuldi. Uning o'rniga, masalan, Azizbek Amonovni maydonga tushirsa bo'lmasmidi?

- SHomurodovning o'rniga boshqa futbolchini sinab ko'rsak bo'lardi, ammo bosh murabbiy sifatida shunday qarorga keldim. 

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика