So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  2 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  1 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  39 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Srechko Katanec: "Ertaga asosiy tarkibda katta o'zgarishlar bo'lmaydi. Ikkinchi taymda yoshlarga imkon beramiz" (matbuot anjumani) Yangiliklar

Srechko Katanec: "Ertaga asosiy tarkibda katta o'zgarishlar bo'lmaydi. Ikkinchi taymda yoshlarga imkon beramiz" (matbuot anjumani)

JCH-2026 saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvidan avval matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec va yarim himoyachi Odil Hamrobekov fikrlarini bildirdi. 

"Ertangi o'yinga to'xtaladigan bo'lsam, bizda hammasi joyida. Terma jamoaga chaqirgan futbolchilar tayyor holatda etib kelgan. Albatta, ularning ayrimlari turlicha formada kelgan, chunki kimdirlar uchun chempionat tugagan. Bazi futbolchilar yakshanba, yana boshqalari ancha oldin o'yinda maydonga tushgan. Qog'ozda keyingi bosqichga chiqish masalasini hal qilgan bo'lsakda, muxlislarni xursand qilish uchun o'ynaymiz",- deydi Srechko Katanec.

Odil Hamrobekov:- Birinchi o'rinda OTJ uzoq kutilgan natija bilan tabriklayman. Ertangi o'yinda murabbiyimiz aytganidek muxlislarni xursand qilish uchun maydonga chiqamiz. 

- Murabbiyga avvalo sog'lik va salomatlik tilaymiz. Ertaga terma jamoamizda katta bosim yo'q. SHuni hisobga olgan holda darvoza va boshqa chiziqlarda rotaciyalarni ko'rishimiz mumkinmi? Sizning boshchiligingizda bu holat kam kuzatiladi...

- O'yindan oldin tarkib haqida gapirishni istamayman. Sizga aytishim mumkinki, ertaga tarkibda katta va jiddiy o'zgarishlar bo'lmaydi. Yangi futbolchilarni jalb qilmoqchi ekansiz, terma jamoa o'yinini qaytadan tuzishingizga to'g'ri keladi. Bu malum bir vaqtni talab qiladi. O'yinni asosiy tarkibda boshlaymiz va ikkinchi bo'limda yoshlarga imkon beramiz. Ayrim futbolchilar oxirgi uchrashuvini 20 may kuni o'tkazgan. Ularga ilk daqiqalardan imkon berish noto'g'ri bo'ladi. Futbolchilardan o'yinga jiddiy qarashni so'rab qolardim. Oddiy xatolarga yo'l qo'ymaslik kerak. Oxirgi marotaba mart oyida o'ynaganmiz, mana endi yig'ildik, keyingi uchrashuvimiz sentyabr oyida o'tkaziladi. 6 oy davomida terma jamoada 2-3 ta o'yin o'tkazish juda kam. SHu bois asosiy tarkib futbolchilariga ko'proq o'yin amaliyoti berishimiz lozim.

- Bu narsa tarkibdagi raqobatga zarar etkazmaydimi? Futbolchi qachon terma jamoadagi  raqobatni his qiladi?

-  O'z tajribamdan kelib chiqib aytsam, tajribali futbolchilar bizni Jahon chempionatiga olib chiqadi. SHomurodov, SHukurov, Masharipov kabi futbolchiilar va yangi o'sib kelayotgan yosh avlod mundial sari etaklaydi. Hozirda bizni hamma terma jamoalar hurmat qiladi. Umid qilamanki, keyingi bosqichda barcha futbolchilar sog'-saloat bo'ladi. Masalan ertangi o'yinda o'zgarishlar qilishim mumkin. Buning muammosi yo'q. Lekin bundan qanday foyda bo'ladi? Sentyabr oyida Jahon chempionati saralash bahslari boshlanadi. Biz unda asosiy tarkibdan foydalanamiz. Futbolchilar bir-biriga raqobatchi emas, yordamchi  sifatida qarashi kerak. Zamonaviy futbolda zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinni o'zgartirmoqda. Bizda ham bunday holatlar ro'y berdi. Masalan Abbos Fayzullaev zaxiradan yoki asosiy tarkibda tushib o'yinni borishiga tasir qila oladi. 

-Ayni paytda sog'lig'ingiz qanday? OTJ tarkibidagi boshqa futbolchilarni ham kuzatdingizmi?

- Jahon chempionatiga chiqish uchun meni emas, futbolchilarning ruhiy-jismoniy holati yaxshi bo'lishi kerak. Sog'ligim haqida to'liq aytib bersam ancha vaqt kerak bo'ladi. O'z vaqtida organizimimni eshitmaganman. Juda ko'p jarrohlik amaliyotlarini o'tkazganman. SHu sababli davolanishga to'g'ri kelmoqda. Inson faqat hasta bo'lganidan keyingina sog'lig'i haqida o'ylar ekan. Ayni paytda sog'ligim ancha yaxshi. Agar uchinchi marta terma jamoani sog'ligim tufayli tark etsam boshqa qaytib kelmayman. Ishonchim komilki, bu narsa sodir bo'lmaydi. Albatta, U-23 jamoasini kuzatib boramiz. Ularni Olimpiadaga yo'l olgani bilan tabriklab qolaman. Bizda juda yaxshi futbolchilar avlodi shakllangan. Bu bilan manmanlikka berilmaslik, futbolchilarning oyog'i erdan uzilmasligi lozim. Barchamizning ruhiy holatimiz Jahon chempionatiga chiqishga tayyor bo'lishimiz shart. Butun millat Jahon chempionatiga chiqishni istashi kerak. Nafaqat muxlislar balki OAV ham. Futbolchilar buni his qiladi. Men Sloveniya terma jamoasida ishlaganimda buni boshimdan o'tkazganman. 

- O'zbekistondan tashqarida turib ham chempionat uchrashuvlarini kuzatdingizmi?

- Albatta, televidenie va kompyuter orqali kuzatib bordik. Sentyabr oyida terma jamoaga kelganimga 3 yil bo'ladi. Men murabbiylar shtabim bilan o'yinlarni bo'lishib olamiz va imkon qadar bitta vaqtda barcha uchrashuvlarni ko'ramiz.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика