So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Sportimiz fidoyisini yodlab yoxud "Istiqlol" jamoasi xotira turniri g'olibi Yangiliklar

Sportimiz fidoyisini yodlab yoxud "Istiqlol" jamoasi xotira turniri g'olibi

Inson hamisha ezgulikka intilib yashaydi. Bolalikdagi bug'ubor orzu-istaklari, ulg'ayib o'sgan sayin o'z tasirini o'tkazadi.

Hayot yo'lida esa sabr-toqatli, tirishqoq va mehnatkash kishigina ko'zlagan maqsadiga erishadi, el orasida obro'-etibor, hurmat topadi. SHubhasiz, ana shunday ezozga sazovor bo'lgan insonlardan biri urganchlik “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi SHuhrat Vaisovdir.

U umrini sportga bag'ishlagan insonlar sirasidan. SHuhrat aka yoshligidan voleybolga qiziqdi. Ushbu sport turidan qator muvaffaqiyatlarga erishdi. So'ngra, Xorazm viloyati xalq talimi boshqarmasiga qarashli bolalar va o'smirlar sport maktabi direktori vazifasida samarali mehnat qildi. SHuningdek, bir necha yil mobaynida “Xorazm” futbol jamoasi boshlig'i lavozimida ishladi. Etiborlisi, u klubda faoliyat yuritgan kezlari jamoa ikki marta oliy liga (hozirgi superliga) yo'llanmasini qo'lga kiritdi.




Ha aytgancha, mamlakatimiznig nomdor futbolchilari, jumladan, Jamshid Iskanderov va Jaloliddin Masharipova vaqtida bu inson rahbarlik qilgan sport maktabidan, aynan uning tavsiyasi bilan “Paxtakor” futbol klubi akademiyasiga “uchirma” qilingan edi. O'shanda, yosh futbolchilar 5-sinf o'quvchilari bo'lgan. Tabir joizki, Jamshid va Jaloliddinning bugungi darajaga etishiga sportimiz fidoyisi va jonkuyari SHuhrat Vaisovning hissasi katta bo'lgan.

Hozirda bu inson foniy dunyoni tark etgan. SHunday bo'lsada, uning hayotda amalga oshirgan ezgu ishlari qalblarda mangu yashamoqda. Bir necha yildirki, SHuhrat Vaisovning porloq xotirasiga bag'ishlab xotira turnirini uyushtirish anana tusiga kirgan. Tabiiyki, joriy yil ham bundan mustasno bo'lmadi. Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasi stadionida o'tkazilgan musobaqada 2008-2009 yillarda tug'ilgan o'smirlardan tashkil topgan jamoalar o'zaro kuch sinashdi.




SHamsiddin VAISOV (SHuhrat Vaisovning farzandi)
– To'rt yildan buyon otamning ruhini shod etish maqadida musobaqa o'tkazilmoqda. Bundan juda xursandmiz, albatta. Zero, o'tganlar ruhini shod etish savobli ishdir. Bu azal-azaldan avlodlarga o'tib kelayotgan ezgu amallarimizdan biri hisoblanadi.

Musobaqaning yopilish marosimi tantanali tarzda tashkil etildi. Unda SH.Vaisovning oila azolari, sport faxriylari va yaqin insonlari jam bo'lishdi. Etiborlisi, ular orasida Rossiya Federaciyasidan tashrif buyurgan do'stlari ham bor edi.




Bulat GALEEV (do'sti, Rossiya) – Hayotimni asosiy qismi O'zbekiston, xususan, Urganch shahri bilan bog'liq. Bu inson bilan ko'p yillar birga ishladik. Uning insoniy fazilatlari keng qirrali edi. U qaysi lavozimda ishlamasin, tashabbuskorligi va talabchanligi bilan ajralib turardi. Ushbu musobaqa uning ezgu ishlarining davomi bo'ldi, desam yanglishmayman.

Xotira turnirining yakuniy natijalarga ko'ra, faxrli uchinchi o'ringa “Binokor” va “Junior” jamoalari loyiq ko'rildi. Ikkinchi o'rin “Jayhun” jamoasiga nasib etdi. G'oliblikni esa “Istiqlol” jamoasi qo'lga kiritdi.




Jamoladdin ABDULLAEV (sport maktabi direktori) – Musobaqamiz har safargidek bayramona tarzda tashkil etildi. Ishtirokchi jamoalarning futbolchilari g'alabaga bo'lgan iroda va ishtiyoqini to'la namoyish qilishdi. Bir so'z bilan aytganda, mazkur birinchilik yosh “charm to'p” o'yini ustalari uchun o'ziga xos mahorat va tajriba maktabi vazifasini o'tadi.

O'z navbatida g'olib va sovrindor jamoalar, ularning futbolchilari SHuhrat Vaisovning oila azolari, Sportning o'yin turlari va engil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi, O'zbekiston “Yoshlik” JTSJ Xorazm viloyati mintaqaviy bo'limi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi SHovot tumani bo'linmasi tomonidan rag'batlantirildi.

Kezi kelganda aytib o'tish joizki, tashkil etilayotgan bunday musobaqalar yoshlarimiz qalbida insonlarga nisbatan hurmat va ehtirom hissini uyg'otishda, milliy qadriyatlarimizni avlodlarga etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiysi, yosh “charm to'p” o'yini ustalarining mahoratini oshirishga xizmat qiladi.




Ikrom XUDOYBERGANOV,
O'zbekiston Jurnalistlari uyushmasi azosi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика