So’nggi yangiliklar

15:00Суперлигада қолиш учун ўйин. "Бухоро" - "Хоразм" 0:0 (онлайн натижа)  1 14:55Ротен ЖЧдаги 3 дақиқалик танаффуслар ҳақида: "Футбол – бу бейсбол ёки баскетбол эмас, улар спортимизни ўлдирмоқда"  1 14:25Суперлигада қолиш учун плей-офф. Улар нега бу ерда?  3 13:40Гвардиола "Реал" билан ўйин ҳақида: "Менга "қасос" сўзи ёқмайди. Бу "Ман Сити" учун яхши синов. Агар Мбаппе бўлмаса, Винисиус ёки Родриго бор"  0 13:13"Реал" ва "Барселона" собиқ футболчиси энди Қирғизистон миллий терма жамоасини бошқаради  5 13:00Transfermarkt ва Championat.asia 2025 йилнинг энг яхшиларини аниқлашди   7 12:30"Челси" "Барса" устидан қозонилган 3:0 ҳисобидаги ғалабадан сўнг кетма-кет 4 та ўйинда ғалаба қозона олмади  10 11:48TVCOM'да бугунги тақвим: Ўтиш ўйини, Ҳусанов “Сити” билан Мадридда ва бошқалар  0 11:30Слот Салоҳ билан юзага келган зиддият ҳақида: "Ҳаётда ҳамма хато қилади, аммо ўйинчи хато қилганини тушуняптими? Ташаббус ундан чиқиши керакми ёки мендан?"  2 11:15“Fair-play”ни “Машъал”га беринглар  11 10:46Германия МТЖ аъзоси келажаги борасида бир қарорга келди  1 10:15Европанинг ТОП клуби Рамосга таклиф юборди  4 09:46Кейннинг "Бавария"даги келажаги маълум  0 09:20Флик жамоасининг Чемпионлар Лигасидаги ғалабасига муносабат билдирди  3 08:52Месси навбатдаги совринига эга чиқди  19

Superligada qolish uchun pley-off. Ular nega bu erda? Yangiliklar

Superligada qolish uchun pley-off. Ular nega bu erda?

Teglar :  BuxoroXorazm
Bugun Superligada qolish uchun pley-off bosqichidan o'rin olgan "Buxoro" - "Xorazm" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Avvalgi bosqichda har ikki jamoa durang o'ynab penaltilar seriyasiga ko'ra mag'ub bo'ldi.

"Xorazm" safarda "Qo'qon-1912" mehmoni bo'lib, 1:1 natijasini qayd etdi. "Buxoro" esa Qarshida "Mashal" mehmoni bo'ldi. Ikkala bahs ham durang bilan yakun topib, penaltilar seriyasida omad raqiblarga kulib boqdi.

Bugungi o'yindan so'ng Superligada qoladigan yana bir jamoa malum bo'ladi. Mag'lub esa 14 dekabr kuni safarda Proligada ikkinchi o'rinni egallagan "Aral" bilan o'ynaydi.

Kubok finalchisiga nima bo'ldi?

"Buxoro" mavsumni bir tekis o'tkaza oldimi? Bu savolga "Ha" deb ham, "Yo'q" deb ham javob bersa bo'ladi. Aar jamoaning O'zbekiston Kubogidagi ishtirokini yodga oladigan bo'lsak, "Buxoro" mashaqqatli yo'lni bosib o'tdi va Kubok finaliga qadar etib keldi. Bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov uchun bu ketma-ket ikkinchi final bo'ldi. O'tgan yil "Andijon" bilan bosh sovrinni ko'targan Xomyakovdan bu safar omad yuz o'girib, "Buxoro" hal qiluvchi bahsda "Paxtakor"ga mag'lub bo'ldi. Shunga qaramay jamoaning finalga etib borgani olqishlarga sabab bo'ldi.

Ichki chempionatda esa buxoroliklarning omadi kelmadi. Jamoa 16ta jamoa orasida 27 ochko bilan 15-o'rinni egalladi. "Buxoro" 30 o'yindan faqat 6tasida zafar quchib, 9 bor durang o'ynadi va 15ta bahsda mag'lub bo'ldi. To'plar nisbati 30-49. Qizig'i shundaki, 6ta g'alabadan beshtasi uydagi o'yinlarda qo'lga kiritilib, jamoa safarda faqat bitta uchrashuvda g'alaba qozondi. Mana shu yagona g'alaba safarda aynan bugungi raqib "Xorazm" bilan kechgan bahsda ro'y berib, mehmonlar 4:1 hisobida zafar quchishgandi. Darvoqe, Buxoro o'z maydonida "Xorazm" bilan 1:1 o'ynaganini ham eslab o'tish joiz.


"Xorazm"ning faoliyati nima bo'ladi?

15 yillik tanaffusdan so'ng Oliy liga (Superliga)ga qaytgan "Xorazm" o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygandi. Lekin hozir vaziyat shundayki, jamoa murakkab holatga tushib qoldi. "Xorazm" ham bugungi raqibi "Buxoro" kabi Superligada 27 ochko to'pladi. Jamoa 7 bor g'alaba qozonib, 6ta bahsda durang o'ynadi va 17 bor mag'lub bo'ldi. To'plar nisbati 33-39 ko'rinish oldi.

Tajribali mutaxassis Hakim Fuzaylov shogirdlari uydagi bahslarning uchtasida, safarda esa to'rt marta g'alaba nashidasini surishdi. Ehtimol, uzoq yillik tanaffusdan so'ng elitaga qaytgan jamoa uchun bu ko'rsatkich ijobiydir, ammo "Xorazm"ning to'g'ridan-to'g'ri Superligada qolishiga bu ham etarli bo'lmadi. Shunday bo'ldiki, ikkinchi davra o'rtalariga kelib bosh murabbiy Hakim Fuzaylov ketamaganga tushib qoldi. Deyarli har mag'lubiyatdan keyin Hakim Kayumovich ishdan bo'shashga tayyorligini, natija ijobiy ko'rinish olmayotganini gapiraverdi. Buning ustida matbuot anjumanlarida chempionat tugashiga nechta tur qolganini eslatib, jamoa kurashishda davom etishini tinmay takidladi.


Bugun kimning imkoniyati yuqori?

Har ikki jamoa avvalgi bahsni yuqori tempda o'tkazib, faqat penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub bo'lganini hisobga olsak, kuchlar teng deya olamiz. Eng muhimi, o'tgan to'rt-besh kun ichida kimning yaxshi tiklanib olgani. Chunki qisqa muddatli o'yinlar orasida tiklanish juda muhim o'rin tutadi. Taktik tomonlama ikkala jamoa ham tayyor deya olamiz. Bu o'rinda jismoniy holat birinchi planga chiqsa ajab emas. "Buxoro" o'z maydonida to'p tepishini inobatga olsak, ustunlik ko'proq maydon egalarida ko'rinmoqda. "Xorazm" esa kuchli ishtiyoq va shiddat evaziga raqibdan ustun kelishi mumkin.

X.Xoliqov

Reyting: +2   

Fikrlar

+2   
10 dek 14:28:55
Mahmud Ttww
Хоразмга омад.
   
10 dek 14:53:44
BOBIRBEK_URINOV⚽️
Машъал билан уйинда "адолат" хакида хеч ким гапирмаганди! Аксинча Машъални пастга тушириб юборишгандилар:) иккала жамоаган хам омад!
   
10 dek 14:35:44
TOMJIQ_OLOT
"Бухоро"га омад! Адолат нуқтаи назаридан олиб қараганда, "Бухоро" ғалаба қозониши керак. Сабаби, Суперлигани "Бухоро" рақибидан бир поғона юқори ўринда якунланди. Нима бўлганда ҳам, омад ёр бўлсин! Кучли жамоа ғалаба қозонсин!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика