So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  0 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  0 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

"Spartak"ning ustidan sudga murojaat qilingan. "Otkritie Arena" muxlislar uchun 90 kunga yopilishi mumkin Yangiliklar

"Spartak"ning ustidan sudga murojaat qilingan. "Otkritie Arena" muxlislar uchun 90 kunga yopilishi mumkin

Rospotrebnadzor (Istemolchilar huquqlarini himoya qilish va insonlar farovonligini nazorat qilish bilan shug'ullanuvchi federal xizmat) RPL 10-turi doirasidagi "Zenit"ga (1:1) qarshi o'yindan keyin "Spartak" ustida sudga murojaat qilgan.

Tashkilot bayonotida klub ijtimoiy masofa hamda tribunadagi muxlislarning karantin cheklovlariga amal qilmaganini davo qilyapti. Qoidabuzarliklar har 2 jamoa muxlislari tomonidan sodir etilgan.

SHuningdek, stadionda 20,7 ming tomoshabin bo'lgani haqida xabar qilingan (stadionning umumiy sig'imi 45 ming kishiga mo'ljallangan).

Moskvadagi Rosportrebnadzor mamuriyatining hududiy bo'limi mutaxassislari  qayd etilgan qoidabuzarliklar asosida mamuriy tekshiruv boshladi.

Natijada, klub bosh direktori SHamil Gazizov va "Futbolnyy klub "Spartak-Moskva" AJga nisbatan sud davosi qo'zg'atilgan, barcha materiallar Tushinskiy tumani sudiga yuborilgan.

"Ushbu holatda mansabdor shaxslar 50 mingdan 150 ming rublgacha, yuridik shaxslar 200 mingdan 500 ming rublgacha jarimaga tortilishi, muassasa faoliyatini mamuriy tartibda 90 kungacha to'xtatib turilishi mumkin", – deyiladi tashkilot bayonotida.

"Spartak" SHekaga qiziqyapti 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика