So’nggi yangiliklar

08:09Месси Дембелени табриклади  0 07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  1 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  110 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  21 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  13 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  42 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3

O'rtoqlik o'yini. "Spartak" "Paxtakor"ni irodali tarzda mag'lub etdi Yangiliklar

O'rtoqlik o'yini. "Spartak" "Paxtakor"ni irodali tarzda mag'lub etdi

Teglar :  Spartak Paxtakor
Dubayda "Spartak" va "Paxtakor" o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Spartak" - "Paxtakor" 2:1

Gollar: Kral (30), Zobnin (87) - CHeran (7-p).

Hakam: Dushan Dmitrievich (Serbiya).

"Spartak": Maksimenko, Jigo, Jikiya, Ayrton, Eshenko, Xendriks, Kral, Ignatev, Bakaev, Pedro Rocha, Ponse.
Zaxira: Selixov, Kutepov, Maslov, Gaponov, Zobnin, Umyarov, Markitesov, Mozes, Sobolev, Larsson.

"Paxtakor": Suyunov, Alijonov, Azmiddinov, Ismoilov, Yo'ldoshev, Hamrobekov, Xolmatov, Erkinov, CHeran, Turg'unboev, Derdiyok. 


O'YIN YAKUNLANDI

90. Hakam ikkinchi bo'limga qo'shimcha vaqt qo'shib bermadi.

87. "Spartak" standart vaziyatdan so'ng to'pni jarima maydonchasi ichiga oshirdi. Jarima maydonchasi ichidagi chalkashlikdan Zobnin foydalandi va gol urdi.

85. O'yin yakunlanishiga 5 daqiqa qoldi. "Spartak" so'nggi daqiqalarda ko'proq hujum qilmoqda va g'alabani ilib ketmoqchi.

70. So'nggi daqiqalarda moskvaliklarning xavfli hujum va zarbalari ko'payib qoldi. Ammo, Quvvatov hozircha yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.

59. "Paxtakor" ikkinchi bo'limda faolroq hujumga o'tmoqda.

48. Qayd etish kerakki, ikki jamoa ham tanaffusga ko'plab o'zgarishlar bilan chiqdi. Ayniqsa "Spartak" ikkinchi taymda butkul boshqacha tarkib bilan chiqqan.

46. "Paxtakor"ning ikkinchi bo'limdagi tarkibi: Quvvatov, Sayfiev, Ismoilov, Azamov, Komilov, Sobirxo'jaev, Hamrobekov, Roziev, Temirov, Erkinov, Yo'ldoshev.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.


45. Birinchi bo'lim yakunlandi.

36. Yo'ldoshev xato qildi va Ponse birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Ammo, uning yo'llagan zarbasini "Paxtakor" darvozaboni qaytardi.

30. Aleks Kral uzoq masofadan "Paxtakor" darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol qildi.

29. Xolmatov raqib bilan to'qnashib ketdi va jarohat olgan bo'lishi mumkin, shifokorlar unga yordam ko'rsatishmoqda.

28. Xendriksning zarbasini Eldor Suyunov bartaraf etdi.

27. Turg'unboev jarima maydonchasi yaqinida Ponsega qarshi qo'pol o'ynadi, hakam esa unga sariq kartochka ko'rsatdi.

22. Bu safar Rosha toshkentliklar darvozasini ishg'ol qilishga urindi, ammo "Paxtakor" posboni bu safar ham ishonchli o'ynadi.

14. "Spartak" o'yinchisi jarima maydonchasi tashqarisidan "Paxtakor" darvozasi tomon xavfli zarba yo'lladi, Suyunovdan seyv!

7. GOOL!! CHeran 11 metrlik nuqtada adashmadi.

6. "Spartak" himoyachisi Samuel Jigo jarima maydonchasi ichida Hojimat Erkinovni yiqitdi. Penalti!

4. Hozircha "Spartak" o'yinni nazorat qilishga urinmoqda, "Paxtakor" o'yinchilari esa paslarda xatolarga ko'proq yo'l qo'yishmoqda.

1. O'yin boshlandi!

- Jamoalar maydonda.


TAS-IX emas

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика