So’nggi yangiliklar

10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  3 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  5 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  4 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  12 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  2 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  2 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  25 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  11 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  45 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  6 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  82 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  134 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1050

"Soqqa qilishni" "Real"dan o'rganing! Yangiliklar

"Soqqa qilishni" "Real"dan o'rganing!

2024 yilda aynan koncertlar transferlardan ham ko'proq foyda olib keldi.

"Bernabeu"dagi koncertlar "Real"ga yaxshigina yordam bo'lmoqda. 

Hech kimga sir emas, Evropada va bazi boshqa qitalarda futbol stadionlaridan koncert maydonchasi sifatida ham foydalaniladi. Sabablar asosan masalaning moliyaviy tomoniga borib taqaladi – klublar bundan yaxshi pul ishlab olishadi (yillik foyda hattoki 50 mln evrodan oshishi mumkin). "Bernabeu" bu borada istisno emas: deyarli rekonstrukciya ishlari yakunlanishi bilanoq stadionning yaqin 2 yillik vaqti koncertlar bilan to'ldi.

Bu ro'yxatda birinchi bo'lish Teylor Sviftga nasib qildi. Mashhur qo'shiqchi "The Eras Tour" doirasida Madridda ham koncert berib o'tdi. Aytish mumkinki, debyut omadli bo'ldi – chipta olish istagida ariza topshirganlar shunchalik ko'p bo'ldiki (taxminan 400 ming, ammo faqat 150 ming nafar so'rovga ijobiy javob bera olindi), qo'shiqchi bitta shouning o'rniga qo'shimcha, zaxira kunida ham sahnaga chiqishiga to'g'ri keldi! Tabiiyki, "Real"dagilar bu kabi anshlagdan faqat xursand bo'lishdi – koncertlar uchun "qaymoqranglilar"ga deyarli 10 mln evro to'lab berildi. Natijada, ishqibozlar hazil tariqasida Sviftning koncerti Xoselu transferiga ishlatilgan barcha xarajatlarni qopladi deyishdi. 

Teylordan tashqari 2024 yil davomida "Bernabeu"da yana 9 nafar ijrochi sahnaga chiqdi (ular orasida Luis Migel, Aventura, Diku, Manuel Karrasko), umumiy hisobda esa 15 ta musiqiy tadbir o'tkazildi! Etiborli jihati, bazan koncert qatorasiga 4 kun o'tkazilgan vaqtlar ham bo'ldi. Misol uchun o'tgan yoz Madridga kolumbiyalik yulduz Karol G tashrif buyurdi va bir nechta shouda, umumiy hisobda 270 ming nafar muxlisi ko'z oldida chiqish qildi ("Real"ning foydasi – taxminan 18 mln).

Qiziq fakt, muxlislar tashrifi bo'yicha 4 ta eng yirik koncert orqali (+65 ming) madridliklar (38 mln evro), oxirgi 2 mavsum transferlardan ishlaganidan (23 mln) sezilarli darajada ko'proq pul ishlab oldi! 

Biroq hozircha tovush izolyaciyasidagi muammo tufayli foyda manbaini "chetga surib turish"ga to'g'ri keldi. Mahalliy aholidan "stadion karnaylari (kolonkalari)ning o'ta yuqori tovushi tufayli devorlar "qimirlab ketyapti", singari arizalar kelib tushdi. Muammoni 2025 yilning iyun oyigacha bartaraf etishga vada berishmoqda – aynan yozda keyingi yirik futbolga aloqador bo'lmaga tadbir rejalashtirilgan!


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика