So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

So'nggi turda "Obod" "Paxtakor"ga yutqazsa "Andijon" oliy ligani tark etadi Yangiliklar

So'nggi turda "Obod" "Paxtakor"ga yutqazsa "Andijon" oliy ligani tark etadi

Oliy liganing 29-turidan o'rin olgan deyarli barcha uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Ertaga o'tkaziladigan "So'g'diyona" - "Nasaf" o'yini oliy ligada qolish masalasiga hech qanaqasiga tasir qilmaydi.

Ayni paytda 20 ochko to'plagan "Andijon" eng so'nggi pog'onada. Tabiiyki "burgutlar"ning oliy ligadan tushib ketish ehtimoli juda baland.



So'nggi turda "Andijon" 15-o'ringa chiqib pley-offda o'ynashi uchun dastlab o'zi "Navbahor"ni kamida 2:0 yoki yirik hisobda mag'lub etishi lozim. 3:1, 4:2 hisoblari qoniqtirmaydi. SHu bilan birga "Obod" oxirgi turda "Paxtakor" bilan o'yinda yutqazmasligi shart.

"Obod"ning nima aloqasi bor dersiz. CHunki ayni paytda "Obod" va "Navbahor" hisobida 23tadan ochko bor. Agar "Andijon" 30-turda yutsa unda ham shuncha ochko bo'ladi.

PFL reglamentida agar uchta klubning ochkolari teng bo'lib qolsa o'sha uch jamoaning o'zaro o'yinlari natijalari orqali kim jadvalda yuqorida turishi aniqlanishi yozib qo'yilgan.

Bu uchta klubning o'zaro o'yinlari:
"Obod" - "Navbahor" 3:0
"Navbahor" - "Obod" 2:1
"Obod" - "Andijon" 0:0
"Andijon" - "Obod" 0:1
"Navbahor" - "Andijon" 2:0
"Andijon" - "Navbahor" ?-?

Demak, o'zaro o'yinlarda "Obod" 7, "Navbahor" 6 va "Andijon" 1 ochko olgan. So'nggi turda "burgutlar" g'alaba qozonishsa ochkolari 4ta bo'ladi va baribir oxirgi o'rinda qolishadi.

Agar "Obod" so'nggi turda "Paxtakor" bilan durang o'ynasa yoki yutsa ochkolari 23ta qolmaydi. SHunda kurash faqat "Navbahor" va "Andijon" jamoalari o'rtasida kechadi.

Ikki jamoaning ochkolari teng bo'lib qolgan taqdirda avvalo o'zaro o'yinlarga etibor qilinadi. "Navbahor" o'z uyida 2:0 hisobida yutgan. "Andijon" (agar "Obod" "Paxtakor"dan ochko olsa) o'z maydonida "lochinlar"ni 2:0 yoki undan yirikroq hisobda mag'lub etsa 15-o'ringa chiqadi. Agar 2:0 hisobi qayd etilsa ham "Andijon" raqibdan tepada bo'ladi. Bunda o'zaro o'yinlar teng hisoblanadi va to'plar nisbatiga etibor qilinadi. Bunda "burgutlar" (2:0 hisobida yutishsa) Namangan klubidan tepada bo'lishadi.

SHunday ekan so'nggi turda "burgutlar" o'zlari "Navbahor"ni imkon qadar yirik hisobda mag'lub etishlari va "Obod"ning "Paxtakor"ga yutqazmasligini kutishadi.

Agar so'nggi turda "Obod" "Paxtakor"ga yutqazsa "Andijon" "Navbahor"ni 10:0 hisobida yutsa ham oxirgi o'rinda qoladi.

Yuqoridagi o'yinlar 22 noyabr kuni soat 14:00da boshlanadi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика