Qirg'iziston chempionatida muxlislar yil davomida mashina va pul mukofoti yutib olishi mumkin
22 fev 01:05
Yangiliklar
Qirg'iziston chempionatida muxlislar yil davomida mashina va pul mukofoti yutib olishi mumkin
Qirg'iz Respublikasi Professional futbol ligasi Yuqori liga uchrashuvlariga stadionlarga tomoshabinlarni jalb qilish maqsadida mavsum davomida sovrinli o'yinlar o'tkazilishini malum qildi.
Xabarda aytilishicha, har bir tur yakuniga ko'ra, oliy liganing rasmiy sahifasida 3 nafar g'olib aniqlanadi.
Tomoshabinlar Qirg'iz Respublikasi milliy terma jamoasining sport kostyumi, o'zlari yoqtirgan jamoaning futbolka va sharfi hamda Yuqori liganing esdalik buyumlarini yutib olishlari mumkin.
Eng asosiysi, birinchi va ikkinchi davra uchun Chevrolet kompaniyasi tomonidan 2 ta avtomobil sovringa qo'yilishi takidlangan, biroq aynan qaysi rusumdagi mashina ekanlgini malum qilinmagan. Shuningdek, har oy muxlislar uchun 50 000 qirg'iz somi (taxminan 7 mln o'zbek so'mi) o'ynaladi.
Eslatib o'tamiz, Qirg'iz Respublikasi Yuqori ligasi 1 mart kuni start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar