"Los-Anjeles Gelaksi" Filippe Koutino bilan shartnoma imzolamoqchi
21 fev 14:44
Yangiliklar
"Los-Anjeles Gelaksi" Filippe Koutino bilan shartnoma imzolamoqchi
"Los-Anjeles Gelaksi" erkin agent Filippe Koutinoga taklif bilan chiqishga tayyorlanmoqda.
MLS klubi muxlislar bosimi fonida 18 fevral kuni "Vasko da Gama"ni tark etishini elon qilgan 33 yoshli braziliyalik futbolchining vakillari bilan muzokara boshlashni rejalashtirmoqda.
"Gelaksi" yana bir mavsumni yarim himoyachi Riki Puchsiz o'tkazishi sababli tarkibni kuchaytirmoqchi. 26 yoshli futbolchi 2024 yilning noyabrida xochsimon bog'lami yirtilishi oqibatida jarohat olib safdan chiqqan va 2027 yilgacha maydonga qaytmasligi kutilmoqda.
Transfermarkt portali Koutinoning transfer qiymatini 3,5 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Ҳа ҳа тӯғри эшитдиз. Яқинда расман деб элон қилади. Бумммммммми