So’nggi yangiliklar

10:17Ямал бу мавсумдаги мақсадлари ҳақида фикр билдирди  2 09:48Англия термасининг собиқ футболчиси ЖЧ учун Саудия Арабистонидан кетишни истамоқда  0 09:22"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 08:56"Барселона" президенти Мессининг қайтиши ҳақида фикр билдирди  11 08:31Чемпионшип вакили 3 миллиард евролик стадион қуради  3 07:59Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  7 07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  17 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  5 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  2 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0

"So'g'diyona"ning yangi legioneri: "Oldimda ikki tanlov bor edi: yo hozir, yo hech qachon. Klubga pul uchun kelmadim" Yangiliklar

"So'g'diyona"ning yangi legioneri: "Oldimda ikki tanlov bor edi: yo hozir, yo hech qachon. Klubga pul uchun kelmadim"

"So'g'diyona" klubining nigeriyalik yangi futbolchisi Jon Junior Igbaruma o'z transferi haqida fikr bildirdi.

"O'zbekistondan taklif bo'lgach, o'zimni yangi o'lkada sinab ko'rishni xohladim. Ha, men yangi sarguzasht, yangi sinovlarni istayman. Hammasi men bilan ishlaydigan agentdan boshlandi. U mendan u erga borishni istaysanmi, deb so'radi.

Bu mamlakat haqida hech narsa bilmasdim, yakuniy qarorni qabul qilishim qiyin bo'lgan bo'lsa-da, yangi sarguzashtlarni boshdan kechirishga tayyor edim. 

Kelishuvga ko'ra, menga yaxshi haq to'lashadi. Albatta, pul yaxshi narsa. Lekin men pul uchun bunday tanlov qilmadim. Balki futbolga bo'lgan mehrim va undan zavqlanish uchun shunday qarorga keldim. Oldin ham pulni zavqlanishdan ustun qo'yish imkoniyati bo'lgan, ammo o'shanda ham "Sandviken" jamoasini tanlaganman. Bu gal esa futbolchilik faoliyatim poyoniga etmasdan yangi sarguzashtlarni xohladim.

Yoshimni inobatga olsak, bunday taklif boshqa bo'lmasdi. Men birini tanlashim kerak edi: yo hozir, yo hech qachon", dedi 32 yoshli hujumchi.

Eslatib o'tamiz, Jizzax klubi Igbaruma bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi 2024 yilgi mavsumda "Sandviken" jamoasi safida 28 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика