"So'g'diyona" yana bir legioner bilan shartnoma tuzdi
22 jan 2023 14:42
Yangiliklar
"So'g'diyona" yana bir legioner bilan shartnoma tuzdi
"So'g'diyona" o'z safiga legioner markaziy himoyachi Tarik Isichni qo'shib oldi.
"Yangi mavsumga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz tarkibini tajribali futbolchilar evaziga kuchaytirishda davom etmoqda. "So'g'diyona" bosniyalik markaziy himoyachi Isich Tarik bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Isich Tarik 1994 yil 8 oktyabr kuni tavallud topgan.
Futbolchi shu kungacha o'z mamlakatining "Turbina", "Radnik", "Kaplina", "Olimpik", "CHelik Zenicha", Malayziyaning "Perak", Albaniyaning "Kukesi" jamoalarida to'p tepgan", — deyiladi "So'g'diyona" klubi xabarida.
Oldinroq, saytimiz orqali jizzahliklar safiga markaziy himoyachi Tarik Isich va hujumchi Jenan Zajmovich kelib qo'shilganini malum qilgandik.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar