"So'g'diyona" SHoahmedov transferini elon qildi va bir futbolchisi bilan bitimni uzaytirdi
13 jan 2023 13:47
Yangiliklar
"So'g'diyona" SHoahmedov transferini elon qildi va bir futbolchisi bilan bitimni uzaytirdi
"So'g'diyona" yarim himoyachi Sanjar SHoahmedov bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Sanjar SHoahmedov 1990 yil 23 sentyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.
Futbolchi faoliyati davomida AGMK, "Lokomotiv", "Al Sayliya", "Teranganu", "Qizilqum" jamoalarida to'p tepgan.
SHoahmedov 2022 yil Superligada navoiyliklar tarkibida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi hamda 5 ta assist qayd etdi.
SHuningdek, klub Daniel Nasriddinov faoliyatini Jizzaxda davom ettirishini malum qildi.
Tajribali yarim himoyachi 2023 yilgi mavsumda ham mazkur jamoa sharafini himoya qiladi. Endilikda Nasriddinov bilan kelishuv muddati 2023 yilning 1 dekabrigacha amal qiladi.
Malumot o'rnida, Daniel 2022 yilda Coca Cola Superligasi o'tgan mavsumida 10 ta uchrashuvda (459 daqiqa) maydonda harakat qildi.
OFK Kubogi doirasida 6 ta o'yinda maydonga tushib, 370 daqiqa o'ynadi. O'zbekiston Kubogida esa 2 ta o'yinda qatnashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar