"So'g'diyona" bosniyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
22 jan 2023 14:01
Yangiliklar
"So'g'diyona" bosniyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
"Yangi mavsumga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz tarkibini tajribali futbolchilar evaziga kuchaytirishda davom etmoqda. "So'g'diyona" bosniyalik legioner hujumchi Jenan Zajmovich bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Jenan Zajmovich 1994 yil 11 noyabrda tavallud topgan.
Futbolchi shu kungacha Xorvatiyaning "Lokomotiv", "Sesvite" Bosniyaning "Travnik", "Jeleznichar", "Velez Mostar" jamoalarida o'ynagan. Uning so'ngi jamoasi Serbiyaning "Radnik" klubi hisoblanadi", — deyiladi "So'g'diyona" klubi xabarida.
Zajmovich Belgiyada tug'ilgan, ammo faqatgina Bosniya va Gercegovina fuqaroligiga ega.
Oldinroq, saytimiz orqali jizzahliklar safiga markaziy himoyachi Tarik Isich va hujumchi Jenan Zajmovich kelib qo'shilganini malum qilgandik.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar