Slot "Liverpul"ning yomon natijalariga izoh berdi
26 noy 00:16
Yangiliklar
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoaning joriy mavsumdagi natijalari bilan bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
22 noyabr kuni "qizillar" APL 12-turida "Nottingem Forest"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
"Nottingem" bilan o'yin haqida
"Nottingem Forest" standart vaziyat tufayli birinchi marta jarima maydonimizga kirganida gol urdi. Bundan o'zimizga kelish uchun bizga biroz vaqt kerak bo'ldi. Jamoa juda harakat qilayotganini ko'rdim. Men o'yinchilarga jarima maydoniga necha marta kirganliklarini ko'rsatdim - chamasi, "Forest"ga qaraganda olti yoki etti barobar ko'proq.
Ular o'z jarima maydonida bizdan ko'ra ancha yaxshi himoyalandi. Biz jamoa sifatida ancha yaxshiroq himoyalanishimiz kerak. Bu va o'tgan mavsumlarda o'tkazib yuborilgan gollar soni keskin farq qiladi."
Jamoaning formasi haqida
"Bu bemanilik. Bunga aql bovar qilmaydi. Men bunday natijalar uchun biz hech qachon bahona qila olmaymiz deb ko'p marta aytganman. Bu klub uchun, men uchun va hamma uchun kutilmagan holat.
Ammo "Liverpul" bu vaziyatni boshqalardan ko'ra yaxshiroq uddalay oladi va bu klubda qanchalik qiyin bo'lsa, biz shunchalik jipslashamiz," - dedi Slot.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
Манба: "Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Fikrlar