Krishtianu Ronaldu Jahon chempionatining ilk turida o'ynashi mumkin. FIFA futbolchini faqat bitta o'yinga chetlatdi
25 noy 2025 21:14
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu Jahon chempionatining ilk turida o'ynashi mumkin. FIFA futbolchini faqat bitta o'yinga chetlatdi
FIFA futbolchini faqat bitta o'yinga diskvalifikaciya qildi.
FIFA tartib-intizom qo'mitasi Krishtianu Ronalduni JCH saralashi doirasidagi Irlandiyaga qarshi o'yinda olgan qizil kartochkasi uchun faqat bitta o'yinga chetlatdi. Ronaldu saralashdagi Armanistonga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgani holda bu diskvalifikaciyani o'tab bo'ldi. Shunday ekan, futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk turda maydonga tushishi mumkin bo'ladi.
Avvalroq, futbolchiga 2 yoki 3 o'yinlik taqiq tushishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Malumot uchun, futbolchi Irlandiyaga qarshi o'yinda raqib o'yinchisiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochkaga loyiq ko'rilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar