Rasman: O'zbekiston Jahon chempionati qurasida uchinchi savatdan o'rin oladi!
25 noy 22:37
Yangiliklar
Rasman: O'zbekiston Jahon chempionati qurasida uchinchi savatdan o'rin oladi!
FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining 5 dekabr kuni o'tkaziladigan qura jarayoni mexanizmini rasman elon qildi. O'zbekiston milliy terma jamoasi qurada uchinchi savatdan joy oladi. Avvalroq, JCHga endi yo'llanma oladigan jamoalar qaysi savatdan o'rin olishi borasida savollar bor edi. FIFA esa saralashning oxirgi bosqichi orqali JCHga yo'llanma oladigan barcha jamoalarni to'rtinchi savatga joylashtirdi. Quyida savatchalarning joylashuvini ko'rish mumkin:
1-savatcha: Kanada, Meksika, AQSH, Ispaniya, Argentina, Franciya, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya
2-savatcha: Xorvatiya, Marokash, Kolumbiya, Urugvay, Shveycariya, Yaponiya, Senegal, Eron, Koreya Respublikasi, Ekvador, Avstriya, Avstraliya
3-savatcha: Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Shotlandiya, Paragvay, Tunis, Kot-d'Ivuar, O'zbekiston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika
4-savatcha: Iordaniya, Kabo-Verde, Gana, Kyurasao, Gaiti, Yangi Zelandiya, Evropa pley-off A, B, C va D, FIFA pley-off musobaqasi 1 va 2
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
Манба: "Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Fikrlar