Akmal Shorahmedov: “G'alabamizga ishonaman, yutadigan payt keldi”
25 noy 22:25
Yangiliklar
Akmal Shorahmedov: “G'alabamizga ishonaman, yutadigan payt keldi”
Akmal Shorahmedov: - Ertangi o'yinni anchadan beri kutib kelyapmiz. Biz uchun juda muhim o'yin. “Arkadag”ni qanaqa jamoaligini bilamiz. Lekin ko'proq o'z o'yinimizni to'g'rilab, uni kuchaytirib, birinchi navbatda uyda o'ynayotganimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Raqibni hurmat qilamiz, ammo gol urish payti ham keldi. Faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Asosiysi, o'yinni kuchaytirgan holda to'p suramiz. Ularni qanday harakat qilishi biz uchun ahamiyatsiz.
- “Andijon” 4 ta o'yinda ham durang o'ynadi va hisob ochilmadi. Buni asosiy sababi nimada deb o'ylaysiz?
Ismoil Akinade: - O'yinlarda biroz himoyaviyroq o'yin ko'rsatgandik. Himoyada mustahkam o'ynashga va gol o'tkazib yubormaslikka harakat qildik. Gol urish vaqti keldi, hujumni ham o'ylashimiz kerak. O'yinimizni kuchaytirib hujumda ham ko'proq harakat qilishimiz lozim. Ertangi uchrashuv biz uchun muhim. Uch ochkoni qo'lga kiritsakgina keyingi bosqichga chiqishimiz mumkin bo'ladi.
- Ertangi o'yindagi g'alaba murabbiylik faoliyatingizni keskin o'zgartirib yuborishi mumkin. Oxirgi turda durang qayd etilsa guruhdan chiqish imkoniyati bo'ladi. Bir uchrashuv nafaqat futbolchilar, balki murabbiyni ham faoliyatiga tasir ko'rsatadi. Murabbiy sifatida o'zingizni ruhan qanday tayyorlayapsiz?
Akmal Shorahmedov: - Futbolchilik paytida ham katta bosim ostida va o'zimizni tutishga o'rganganmiz. Menda jamoamizga bo'lgan ishonch bor. Oldin qanday natijalar bo'lganidan qatiy nazar jamoaga ishonaman. Yutishimizga ham ishonaman. Murabbiylik faoliyatim ikkinchi daraja. Asosiysi, jamoamizning g'alabasi. Futbolchilarni o'yinga bo'lgan etibori muhim. Qaerdadir bosim bor, his-hayajonni ham engib o'tish kerak. Shu narsa bo'yicha yordam beryapmiz. Bemalol o'ynasa bo'ladi, bizdan kuchli emas, o'z uyimizda o'ynayapmiz. Tajovuzkor o'yin namoyish etishimiz kerak. Yutadigan vaqt keldi. Raqib o'yinlarini ko'rib chiqdik. Bu o'yinga yigitlar xuddi O'zbekiston chempionatida o'ynagandek harakat qilib, hayajonni “yig'ishtirib” faqat g'alaba uchun to'p surishlarini xohlayman. Qolganini ertangi uchrashuv ko'rsatadi.

- O'zingiz ham aytib o'tganingizdek, yutadigan payt keldi. Buning uchun gol urish kerak. O'yingacha bo'lgan mashg'ulotlar jarayonida gol urish borasida yana qo'shimcha nimalar qilyapsizlar?
Akmal Shorahmedov: - Hujumchilarga ko'proq qo'rqmasdan aldash, himoyani o'ylamaslikni tushuntiryapman. Hujumga borgan o'yinchi himoyani o'ylamasligi kerak. Hozir 3 ta hujumchi bilan o'ynayapmiz. Xato qilishga ruxsat beryapmiz. Chunki u hujumchi. Aldashi kerak, darvozaga zarba berishi lozim. Maydonda himoyani o'ylamasligi darkor. Hujumchiga to'p tushdimi, aldab gol urishga harakat qilishi muhim. Hozirgi hujumchilarga shuni tushuntiryapmiz. Hujumchilarga ko'proq erkinlik berilyapti.
- “Arkadag” siz uchun qanday raqib?
Akmal Shorahmedov: - Shunaqa bo'lib qoldiki, “Arkadag”ni barcha o'yinchilarini taniymiz. Lekin futbolchilarga iloji boricha kamroq malumot beryapman. Raqibni ko'rish va o'rganish murabbiylarni ishi. O'yinchi o'z o'yinini o'ynashi kerak. Agar biz ularga unday yoki bunday o'ynaydi, deb taxminan aytsak, ertaga qanday o'ynashini bilmaymiz. Shu bois yigitlarga raqib haqida kamroq malumot beryapmiz. Maydonga chiqqanda futbolchi har qanday vaziyatga tayyor turishi kerak. 5 himoyachi bilan o'ynaydimi yoki 4 tami, o'yinda o'zgartirish qiyinroq. Biz jamoamizni har qanday vaziyatda ham o'ynay olishga tayyorlayapmiz. O'z o'yinimizni kuchaytirsak yaxshiroq bo'ladi. Raqibga qarab 0:0 o'ynayvergandan ko'ra tavakkal qilish payti ham keldi.
- Jamoada murabbiy almashdi. Futbolchilarni ruhiy holati qanday?
Ismoil Akinade: - Eski narsalarni eslamoqchi emasman. Jamoamizda bosh murabbiy o'zgargandan keyin ko'p narsalarni o'zgartirishga harakat qildik. Bizga ko'p jabhada maslahatlar bermoqda. Eski xatolardan xulosa chiqaryapmiz. Murabbiy ko'rsatmasini ertaga maydonda bajarishga harakat qilamiz.
- Birinchi davrada “Arkadag” darvozasiga gol urgansiz, ammo ofsayd tufayli hisobga olinmagan. Hozirgacha “Andijon” 4 ta o'yinda gol urmadi. Siz hujumchisiz va barcha sizdan gol kutmoqda. Bu faktorlar sizga qo'shimcha bosim o'tkazmayaptimi?
Ismoil Akinade: - Normal holat. Albatta, gol ura olmayotganim yaxshi emas. Shunchaki, biz hujumga emas, himoyada xato qilmaslikni ko'proq o'yladik. Murabbiy bilan gaplashyapmiz. Faqat men emas, boshqalar ham gol ura oladi. Ertangi bahs oldidan bizda hammasi joyida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
Манба: "Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Fikrlar