Ravshan Muhadov: “Andijon” oxirgi o'yinda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Demak, gollar urishni biladi”
25 noy 23:20
Yangiliklar
Ravshan Muhadov: “Andijon” oxirgi o'yinda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Demak, gollar urishni biladi”
Ravshan Muhadov: - Menga O'zbekiston begona emas. Bu yurtga yana kelganimdan xursandman. Men o'z vaqtida “Paxtakor” jamoasida mamlakatingizni taniqli mutaxassislari - Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov, Andrey Pyatniskiy kabi futbolchilar bilan bir jamoada to'p surganman. Ertangi o'yinga keladigan bo'lsak, “Andijon”ga ham, bizga ham g'alaba zarur. Keyingi bosqichga chiqish uchun barchada imkoniyat bor va bundan foydalanish uchun albatta ertangi uchrashuvda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'rib keldik.
Ibrohim Mammedov: - Barchaga salom. “Andijon”ni qanaqa jamoaligini bilamiz, bu borada o'rganganmiz. Ertangi uchrashuvda murabbiyimiz ko'rsatmasiga asoslanib maydonga chiqamiz va bizga berilgan vazifani bajarishga harakat qilamiz.
- Andijonga xush kelibsiz. Raqamlar shuni ko'rsatyaptiki, jamoa Turkmaniston chempionatida juda yaxshi o'ynayapti. Ertangi uchrashuvda jamoangiz hujumkor o'yin ko'rsatadimi yoki boshqachami?
Ravshan Muhadov: - Bunday savolni menga arablar ham berishgandi (kuladi). Raqib murabbiyi sizga shunday savol berishni aytdimi (kuladi). Hech qachon hech qaysi murabbiy oldindan taktika haqida ochiq gapirmaydi. Siz mendan xafa bo'lmang. Lekin biz ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz. Hujumkor futbol ko'rsatamiz. Xafa bo'lish yo'q (kuladi).

- “Arkadag'” klubi hali o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormagan jamoaga qarshi o'ynaydi. Shuni hisobga olganda, alohida tayyorgarlik ko'rildimi? Ertaga yana 0:0 bo'lishidan cho'chimayapsizmi?
Ravshan Muhadov: - 0:0 bo'lgan o'yinda himoyachilar g'alaba qozongan deyish mumkin. Yani, gol o'tkazmagan jamoani yutdi desa bo'ladi. Himoyada yaxshiroq o'ynagan bo'ladi. Ertaga g'alaba kerak, harakat qilamiz. Har qanday jamoa gol urish uchun o'ynaydi. Biz vaziyatlarimizdan foydalana olmaganimiz uchun gol urolmaganmiz. Ertaga buni to'g'rilashga harakat qilamiz. “Andijon” chempionatni oxirgi turida 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Demak, gollar urishni biladi.
- Jamoa tarkibida muammolar yo'qmi? Jarohat olganlar-chi?
Ravshan Muhadov: - Bir-ikkita futbolchi jarohat sababli maydonga tusha olmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
Манба: "Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Fikrlar
Uyna Anjan uyna Andijon, Faqat va Faqat Galaba Andijon
Нефтчи мухлиси