So’nggi yangiliklar

20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  0 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  1 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  5 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  3 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  6 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  1 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  24 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  7 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1

"Sky Sports"ning Ruben Amorim bilan jonli efirda uyushtirayotgan suhbatini buzib qo'ygan Ed SHiran kechirim so'radi Yangiliklar

"Sky Sports"ning Ruben Amorim bilan jonli efirda uyushtirayotgan suhbatini buzib qo'ygan Ed SHiran kechirim so'radi

Mashhur sozanda, "Ipsvich" muxlisi va egalaridan biri Ed SHiran "Sky Sports"ning Ruben Amorim bilan intervyusi chog'ida efirda paydo bo'ldi.

"Manchester Yunayted" ustozi savollarga javob berayotgan paytda xonanda bir necha so'z aytdi va boshlovchilardan birini quchoqladi. 

Jahl otiga mingan Joui Barton bunga munosabat bildirdi.  

"Sky Sports" qanday makonga aylandi? Ed SHiran ser Aleks Fergyusonning gapini bo'lib qo'yishini tasavvur qila olasizmi?

Hozirgi eshittirish standartlari – odamni masxara qilish. Men buni futbolka kiygan malla sochli ahmoqlarni tinglash uchun tomosha qilib o'tirganim yo'q.

Biz futbol olamidagi jiddiy odamlar – masalan, Ruben Amorim "Manchester Yunayted"ni ingliz futboli cho'qqisiga qaytarish uchun nimalar qilmoqchi ekani haqida bilmoqchimiz. Uning o'yindan keyingi birinchi intervyusini eshitmoqchimiz.

Biz futbol uchun shu kanaldamiz".

Ushbu voqeadan so'ng Ed SHiran ommaga murojaat bilan chiqib, Amorimdan uzr so'radi. 

"Kecha Amorimni haqorat qilgan bo'lsam, kechirim so'rayman. O'shanda u bilan intervyu ketayotganini sezmabman, salomlashish va Jeymi bilan xayrlashish uchun kelgandim. Albatta, o'zimni biroz ahmoqdek his qilyapman, lekin hayot davom etadi", – dedi SHiran.

Video  APL. MYU Amorim qo'l ostidagi ilk o'yinda "Ipsvich Taun"ni mag'lub eta olmadi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика