Skaloni - Messining JCH–2026da ishtirok etishi haqida: “Qarorni uning o'zi qabul qiladi”
06 dek 2025 08:30
Yangiliklar
Skaloni - Messining JCH–2026da ishtirok etishi haqida: “Qarorni uning o'zi qabul qiladi”
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messining Jahon chempionati–2026da qatnashish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
"Uning o'zi qaror qiladi — u erda bo'ladimi yoki yo'q. Qanday qaror qabul qilsa ham, biz uni qo'llab-quvvatlaymiz. Hamma narsa yaxshi ketyapti, ammo olti oy — juda katta vaqt. Umid qilamizki, u o'zi va terma jamoa uchun eng to'g'ri qarorni qabul qiladi", — deya Skalonining so'zlarini Janluka Di Marcio o'z saytida keltirdi.
Argentina JCH–2026 musobaqasida “J” guruhiga tushgan. Bu erda raqiblar — Avstriya, Jazoir va Iordaniya.
Jahon chempionati 2026 yili AQSH, Kanada va Meksika hududlarida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
U-23 Осиё Кубоги. Математикага ўрин қолмади: Ўзбекистон Кореяни ютиб, кейинги босқичга чиқди
ШОШИЛИНЧ ХАБАР: Хаби Алонсо "Реал Мадрид"ни тарк этди!
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Fikrlar