So’nggi yangiliklar

14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  0 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  5 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  8 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  5 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  5 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0

“Siz Qo'qon-1912” jamoasida o'ynashni xohlaysizmi?” musobaqasi yakuniga etdi Yangiliklar

“Siz Qo'qon-1912” jamoasida o'ynashni xohlaysizmi?” musobaqasi yakuniga etdi

Teglar :  Qo'qon-1912
9-10 dekabr kunlari Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda “Siz Qo'qon-1912” jamoasida o'ynashni xohlaysizmi?” shiori ostidagi musobaqa o'tkazildi.

Unda 1998 va 1999 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat to'rt jamoa ishtirok etdi. Bular, “Kimyogar” (Qo'qon shahri), “Qo'qon-1912″ tayyorlov guruhi, “Qo'qon terma jamoasi” va “Oq-oltin” (Rishton tumani) jamoalaridir.

Musobaqaning birinchi kunidagi ilk uchrashuvda  Ibrohim Mamadiev boshchiligidagi “Kimyogar” jamoasi Mirsaid Mirolimov boshqargan “Qo'qon terma jamoasi”ga qarshi maydonga tushdi. O'yinda “Kimyogar” vakillari 3:1 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'llanma olishdi.

Ikkinchi uchrashuvda Narimon Asanov bosh murabbiyligidagi “Qo'qon-1912” tayyorlov guruhi jamoasi Rishton tumanining “Oq-oltin” klubiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarda uchta to'p kiritgan qo'qonliklar 3:0 hisobida raqibdan ustun kelib, ikkinchi finalchiga aylanishdi.

Turnirning ikkinchi kuni ham qiziqarli bahslarga boy bo'ldi. Avvaliga Rishtonning “Oq-oltin” va “Qo'qon terma jamoasi” uchinchi o'rin uchun kurashga kirishishdi. Uchrashuvda Mrsaid Mirolimov shogirdlari 4:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Hal qiluvchi o'yinda “Kimyogar” va “Qo'qon-1912” tayyorlov guruhi jamoasi maydonga tushdi. Qiziqarli va teng kurashlar ostida o'tgan o'yinda omad Ibrohim Mamadiev shogirdlariga kulib boqdi. Uchrashuvning asosiy vaqti durang natija bilan yakun topdi. Penaltilar seriyasida “Kimyogar”ning qo'li baland keldi va bosh sovrin egasiga aylandi.

Musobaqa yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar “Qo'qon-1912” klubi rahbarlari tomonidan kubok va diplom bilan taqdirlanishdi.

Bundan tashqari, “Qo'qon-1912” o'rinbosarlari murabbiylari bir qator iqtidorli yoshlarni ko'z ostilariga olib qo'yishdi.

“Siz Qo'qon-1912” jamoasida o'ynashni xohlaysizmi?” musobaqasi sovrindorlari bilan tanishing:

1-o'rin: “Kimyogar”. Bosh murabiy-Ibrohim Mamadiev.
2-o'rin: “Qo'qon-1912” tayyorlov guruhi. Bosh murabbiy-Narimon Asanov.
3- o'rin: “Qo'qon terma jamoasi. Bosh murabbiy-Mirsaid Mirolimov.
“Oq-oltin”. Bosh murabbiy-Yunusali Meliboev.

Aytgancha, bazi oliy liga jamoalarining o'rtoqlik uchrashuvlarida kelmaydigan “tez yordam” mashinasi butun turnir davomida xizmatga shay turganini alohida etirof etish joiz.

Uchrashuvlarni taniqli hakam Nodir Toshmatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика