Simeone Grizmanning "Atletiko"ga ehtimoliy qaytishiga izoh bildirdi
21 iyu 2021 09:48
Yangiliklar
Simeone Grizmanning "Atletiko"ga ehtimoliy qaytishiga izoh bildirdi
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Antuan Grizmanning "Barselona"dan Madrid klubiga ehtimoliy qaytishi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
"Umid qilamanki, Antuan "Barselona"da katta muvaffaqiyatlarga erishadi", - deb javob qaytardi Simeone savolga.
Grizmann "Atletiko" sharafini 2014 yilning iyulidan 2019 yilning iyuliga qadar himoya qilgan. Forvard shundan so'ng "Barselona"ga yo'l olgan edi.
30 yoshli francuz 2020/21 yilgi mavsum kataloniyaliklar tarkibida 51ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 13ta assist qayd etdi.
Oldinroq, "matraschilar" prezidenti Enrike Sereso Antuan Grizmann va Saulning almashinuvi haqidagi savolga "barcha narsa bo'lishi mumkin" deb javob bergandi. Qayd etish kerakki, muzokaralar hozirda to'xtab qolgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. Ҳакамга тиббий ёрдам кўрсатилган ўйинда "Андижон" 3-марта 0:0 ҳисоби қайд этди. Бу галги рақиб – "Ал Ҳалдия"
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
Суперлига. "Пахтакор" финал олдидан меҳмонда "Хоразм"ни енгди, икки жамоа ўйинни 10 киши тугатди
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди
Fikrlar