Simeone Grizmanni ketma-ket oltinchi marta 60-daqiqadan keyin maydonga tushirdi
11 sen 2022 11:30
Yangiliklar
Simeone Grizmanni ketma-ket oltinchi marta 60-daqiqadan keyin maydonga tushirdi
"Atletiko" futbolchisi Antuan Grizmann yana bir bor 60-daqiqadan keyin zaxiradan tushirildi.
LaLiga doirasida "Selta"ga qarshi o'yinda "matraschilar" ustozi Diego Simeone franciyalik forvardni zaxirada qoldirib, 63-daqiqada o'yinga tashladi. Bunday holat mavsum davomida ketma-ket oltinchi marta sodir bo'lmoqda. Bunga qadar u 64, 63, 61 va ketma-ket ikki bora 62-daqiqada maydonga tushgandi.
Oldinroq chiqqan malumotlarga qaraganda, agarda futbolchi 60-daqiqadan keyin maydonga tushaversa klub Grizmanni 40 million evro arzonroqqa sotib olishi aytilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar