Simeone Feliks nega o'ynamayotganiga oydinlik kiritdi
15 okt 2022 11:07
Yangiliklar
Simeone Feliks nega o'ynamayotganiga oydinlik kiritdi
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone so'nggi paytlarda kamdan-kam maydonga tushayotgan va klubini o'zgartirish haqida o'ylayotgan portugaliyalik hujumchi Joau Feliks haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"To'g'risini aytaman. Korrea, Feliks, Grizmann, Morata, Kunya bilan g'alaba qozonishni istayman. Bu haqiqat. Ayni paytda Joauning o'yin saviyasi tushib ketgan, shuning uchun maydonga boshqa o'yinchilar tushishmoqda. Feliksni hamma qatori ko'raman. Qachon formaga kirsa o'ynaydi. U o'z ustida ishlashi kerak", – dedi Simeone.
22 yoshli Feliks joriy mavsum "Atletiko" tarkibida 11 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar