Simeone: “7 ta gol urishga qodir bo'lgan jamoaga qarshi yomon o'ynamadik”
04 noy 2021 08:10
Yangiliklar
Simeone: “7 ta gol urishga qodir bo'lgan jamoaga qarshi yomon o'ynamadik”
CHempionlar Ligasi 4-turidan o'rin olgan “Liverpul” – “Atletiko” uchrashuvi (2:0)dan keyin mehmonlar ustozi Diego Simeone o'z fikrlarini aytdi.
“O'yin boshida yaxshi hujumlar qildik, keyin esa nima bo'lganini ko'rdingiz. 0:1, 0:2, so'ngra chetlatish. “Liverpul”ga qarshi yana 10 kishi bo'lib o'ynash juda ham qiyin, ayniqsa ancha erta kamchilikda qolganda.
Arbitrlarning qarorlariga baho berish mushkul, o'yin davomida epizodlarni yaxshi ko'rolmaymiz, ular hakamlar va VAR tomonidan o'rganiladi. O'ylashimcha, etiborni bunga emas, jamoani rivojlantirishga qaratish kerak. Hozir esa birlashib, mehnat qilishda davom etishimiz lozim. 2-taymdagi o'yinimizdan juda mamnunman.
Qayd etishim joizki, jamoam ikkinchi bo'limda 7 ta gol urishga qodir bo'lgan raqibga qarshi yomon o'ynamadi”, deydi argentinalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar