So’nggi yangiliklar

20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  0 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  16 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  24 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1

SHuhratbek O'rinboev "Andijon" klubi bosh direktori etib tayinlandi Yangiliklar

SHuhratbek O'rinboev "Andijon" klubi bosh direktori etib tayinlandi

Bundan bir necha soat oldin “Andijon” futbol klubi rahbariyatida o'zgarish yuz berdi.

 2013 yildan buyon “Andijon” jamoasi ijrochi direktori lavozimida ishlab kelgan Aleksandr SHapran o'z vazifasidan ozod etildi. Uning o'rniga SHuhratbek Tolibjonovich O'rinboev “Andijon” futbol klubi bosh direktori etib tayinlandi.

Bugun kun yarmida “Andijon” futbol klubi qarorgohining majlislar zalida yig'ilish bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda Andijon viloyat hokimligining tashqi ishlar nazorat-taftish bo'limi boshlig'i SHavkatbek Nishonov ishtirok etib, murabbiy va futbolchilarga SHuhratbek O'rinboevni “Andijon” klubining yangi ijrochi direktori sifatida tanishtirdi. 

Andijon viloyati hokimiyati O'rinboevga “Andijon” klubida sog'lom muhit va barqaror jamoa shakllantirishiga ishonch bildirdi. Yig'ilishda so'z olgan SHuhratbek Tolibjonovich Andijon viloyati hokimi tomonidan bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirib, o'ziga bildirilgan ishonchni oqlab, “Andijon”da yaxshi jamoa shakllantirishini malum qildi. Yig'ilishda shuningdek, jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajarayotgan Orif Mamatkazin ham so'z olib, SHuhratbek O'rinboev bilan birga avval ham birga yaxshi faoliyat olib borganini aytib o'tdi.

Futbolchilardan Aziz Ibragimov so'z olib, “Andijon” uchun hammasi tugamaganligini va oliy ligada qolish imkoniyati borligini aytib, buning uchun tushkunlikka tushmasdan oxirigacha kurashishlari aytdi.  

SHuni aytib o'tish kerakki, SHuhratbek O'rinboev uchun “Andijon” begona jamoa emas. Bu inson 2004-2008 yillar davomida “Andijon” klubida faoliyat ko'rsatgan. Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, 2005 yili O'rinboev jamoa raisi bo'lib ishlagan dastlabki mavsumda “Andijon” birinchi ligada muvaffaqiyatli qatnashib kuchlilar safiga qaytgan. 

SHuningdek, 2006 va 2007 yillarda O'rinboev rahbarligida jamoamiz oliy ligada yomon natija ko'rsatmagan. Malum muddatli tanaffusdan so'ng SHuhratbek O'rinboev yana “Andijon” jamoasida faoliyatini boshladi. O'rinboevning “Andijon”dagi bu safargi faoliyati ham muvaffaqiyatli chiqishiga ishonamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика