So’nggi yangiliklar

14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  28 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  27

SHuhrat Rahmonqulov: “Yoshlarimiz chorak finalda Yaponiyani yutishga xaqli” Yangiliklar

SHuhrat Rahmonqulov: “Yoshlarimiz chorak finalda Yaponiyani yutishga xaqli”

Xitoy davlatining yashil maydonlarida o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida vakillarimiz bugun chorak finalida, Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.

Bo'lajak bahs oldidan ko'pchilik turlicha fikrlarni ilgari surmoqda. Xo'sh, o'z vaqtida “Paxtakor” yoshlari jamoasi bilan ishlagan va bugungi kunda CHilonzor stadioni qoshidagi “Bolalar-o'smirlar futbol maktabi”ning rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan sobiq futbolchi SHuhrat Rahmonqulovning bu borada fikri qanday?
 
- Albatta Xitoy davlatida bo'lib o'tayotgan yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati o'yinlariga befarq emasman va O'zbekiston U-23 yoshlar terma jamoamizning har bir uchrashuvini diqqat va shu bilan birga katta hayajon ostida kuzatib bormoqdaman. O'ylaymanki, o'yindan o'yinga yigitlarimizning xarakatlarida o'sish kuzatilmoqda. Guruhda birinchi o'yinda qayd etilgan mag'lubiyatdan keyin futbolchilarimiz o'zlariga kerakli xulosalarni chiqarib olgan ko'rinadi. Ulardan endi chorak finalda ham faqat va faqat ijobiy natija kutmoqdamiz.  

- Bemalol aytish mumkinki, Yaponiyaga qarshi bahs oson kechmaydi. Garchi ular musobaqaga 1997 yildagi futbolchilari bilan borgan bo'lsada, o'z guruhida peshqadam bo'ldi. O'zbekiston – Yaponiya qarama-qarshiligi juda qiziqarli bo'ladi. Menimcha futbolchilarimiz o'z imkoniyatlarini to'liq ishga solib, bor  kuchi bilan o'ynasa yaponiyalik yoshlarni bemalol mag'lub etish mumkin. Nasib qilsa yakunda shunday ham bo'ladi. Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoaga bu borada omad tilaymiz va ularni onayi jahon qarshisidan bo'lsa ham chin ko'ngildan qo'llab-quvvatlaymiz.  

- O'zbekiston yoshlar terma jamoamizning o'z guruhida o'tkazgan uchta o'yinidan kelib chiqib, biror bir futbolchini alohida ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Qishda hamma futbolchi bir xil sport formasida bo'ladi. SHuning uchun hozir futbolchilarimiz deyarli bir xil deyish mumkin. Menimcha Osiyo chempionatiga eng munosib nomzodlar olib ketilgan – deydi SHuhrat Rahmonqulov.


Islombek Rustambekov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика