So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  1 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  13 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4

SHuhrat Rahmonqulov: "Yigitlar g'alabaga ortiqcha ishonib yuborishdi" Yangiliklar

SHuhrat Rahmonqulov: "Yigitlar g'alabaga ortiqcha ishonib yuborishdi"

Tabiiyki kecha terma jamoamizning JCH-2014 yo'llanmasini boy berganidan so'ng, barcha yurtdoshlarimiz tushkun kayfiyatda.
Nima ham qila olardik, nufuzi bo'yicha birinchi  o'rinda turadigan musobaqaga chiqish uchun endi yana to'rt yil kutishimizga to'g'ri keladi. Unga qadar Osiyo miqyosidagi turnirlarda ishtirok etib boramiz. Iordaniya bilan o'tgan bahsdan so'ng, milliy terma jamoamizning sobiq futbolchisi SHuhrat Rahmonqulov o'yin xususida fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ming afsuslar bo'lsinki, kecha o'z maydonimizda juda ham alamli mag'lubiyatga uchradik. Bunday bo'lishini ochig'i, hech kim kutmagandi. Iordaniya bilan safarda 1:1 hisobida durang o'ynab kelgan yigitlarimiz ham o'z maydonimizda raqibni mag'lubiyatga uchratishiga to'liq ishonib yubordi. Ayniqsa uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochganimizdan so'ng, futbolchilarimiz o'zlariga ortiqcha ishonib yuborishgandek tuyuldi. Garchi birinchi bo'lib to'p kiritgan bo'lsakda, vakillarimiz yana oldinga o'tib, to'p kiritish o'rniga himoyaga o'tib oldi. Uchrashuv haqida hamma o'z fikrlarini bildirib o'tmoqda, men ham shu o'rinda shaxsiy fikrlarimni aytadigan bo'lsam, kechagi o'yinni dastlabki daqiqalardan, ikkita nominal hujumchi bilan boshlashimiz kerak edi. Yoki birinchi bo'limda oldingi chiziqda harakat qilgan Nasimovni tanaffusda Baqoevga almashtirilsa foydali bo'larmidi... Xullas yigitlarimiz tanaffusga kamida 2:0 hisobidagi g'alaba bilan chiqib ketishganida ko'ngil to'q bo'lardi.

- Mag'lubiyatdan keyin hamma turli xil fikrlarni ilgari suryapti. Endi ortiqcha gapirishni foydasi yo'q. Muhimi yo'l qo'yilgan xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib olishdir. Kecha futbolchilar ham muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchlarini berib o'ynashdi.

- Futbolchilarimizda jismoni tayyorgarlikning pastligi ko'zga tashlanib qoldi. Ayniqsa etakchi o'yinchilarimiz ikkinchi bo'limda charchab qolgandek taassurot uyg'otdi. Iordaniya futbolchilarida, g'alaba qozonish istagi kuchlilik qildi. SHuning uchun ular o'yin oxiriga qadar, bor kuchlarini berib o'ynashdi. To'pni ushlab, qisqa paslar bilan yigitlarimizni chalg'itishga urinishdi.

- Mag'lubiyatdan keyin kimnidir aybdor sifatida ko'rsatish qiyin. Avvalo o'yin diskini qaytadan ko'rib chiqish kerak va shundagina tayinli gap aytsa bo'ladi.

- Terma jamoaga yangi qon kerak deganda, tarkibni yoshartirish tushuniladi. Albatta bizda istedodli futbolchilar talaygina, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev, Ivan Nagaev... Endi ushbu o'yinchilarni tayyorlab borish kerak. Buning uchun terma jamoa tarkibini butunlay yoshartirib yuborish ham yaramaydi. Yoshlar bilan bir qatorda tajribali o'yinchilar ham kerak.

Jahongir MIRZO suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика