So’nggi yangiliklar

18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  5 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  5 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  7 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  1 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1

"Nasaf" prezidenti SHuhrat Aslanov: Nasafga o'xshashi yo'q! Yangiliklar

"Nasaf" prezidenti SHuhrat Aslanov: Nasafga o'xshashi yo'q!

Ajdarlar matbuot xizmati jamoa prezidenti SHuhrat Aslanovning mavsum tugashi munosabati bilan Nasaf hamda Sevinch futbolchilariga yo'llagan tashakkurnomasini elon qildi:

2022 yilgi futbol mavsumi Qashqadaryo futboli uchun unutilmas va g'alabali onlarga boy bo'ldi.

Mavsum boshida sevimli jamoamiz «Nasaf» OCHL pley-off bosqichida Abu Dabi jamoasi «Baniyas»ni mag'lub etib, guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan guruh bosqichi uchrashuvlarida ham «ajdarlar» yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Osiyoning nomdor jamoalari «Al Sadd» (Qatar), «Al Faisaliy» (Saudiya Arabistoni), «Al Vehdat» (Iordaniya) jamoalariga munosib qarshilik ko'rsatib, jamoa o'z tarixida birinchi bor pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jamoamizning xalqaro arenalarda ko'rsatgan ajoyib o'yinlari natijasida O'zbekiston jamoalari 2023-2024 yillarda 2+2 ko'rinishda kvotaga ega bo'ldi.

Xalqaro maydonda munosib ishtirok etgan yigitlarimiz O'zbekiston Superligasi va O'zbekiston Kubogi musobaqalarida ham barchamizni quvontirishdi. Buxoro shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston Kubogi finalida sevimli jamoamiz «Navbahor» jamoasini 2:1 hisobida taslim etib, o'z tarixida uchinchi bor O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritdi va 2023 OCHL da guruh bosqichini kafolatladi. Jamoa Superliganing so'nggi turigacha chempionlik uchun kurashdi va yakunda o'n birinchi bor bronza medallariga ega chiqdi.

Srechko Katanes bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasiga ham «Nasaf» jamoasining 8 nafar futbolchisi taklif qilindi. Taklif etilganlar orasida yana 2 nafar «Nasaf» futbol maktabi tarbiyalanuvchilari borligi bizni quvontiradi. Bundan tashqari boshqa yosh toifasidagi terma jamoalarga ham «Nasaf» va «Sevinch» tarbiyalanuvchilari jalb etilmoqda. SHuning o'zi ham biz to'g'ri yo'lda ekanligimizdan dalolatdir.

«Sevinch» ayollar jamoasi ham qisqa tanaffusdan so'ng o'z «taxt»iga qaytdi. Qizlarimiz ayollar chempionatida chempionlikni va O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritib, oltin «dubl» qayd etishdi. Ular ham keyingi mavsumda ayollar o'rtasida bo'lib o'tadigan Osiyo CHempionlar Ligasi musobaqasida ishtirok etadigan bo'lishdi.

Erkaklar va ayollar o'rtasidagi katta futbol musobaqalaridagi to'rtta kubokning uchtasi Qarshiga keltirildi. Bu viloyatimiz futboli uchun katta yutuq deyish mumkin.

Qo'lga kiritilgan yutuqlar uchun «Nasaf hamda «Sevinch» jamoalari murabbiylari va futbolchilariga, bu ulkan g'alabalarni qo'lga kiritishda amaliy yordam bergan Qashqadaryo viloyati hokimligi va «O'zbeknefgaz» AJ rahbariyatiga o'z tashakkurimni izhor etaman.

Ishonamanki, biz birgalikda bundanda yuqori natijalarga erishamiz. Biz yangi mavsumda yanada kuchli bo'lib qaytamiz. CHunki biz «Nasaf»miz. «Nasaf»ga esa o'xshashi yo'q!

SHuxrat Aslanov, «Nasaf» futbol klubi prezidenti

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика