So’nggi yangiliklar

15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  0 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  17 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3

SHoxruh Xolmatov: "Neftchi"ga qarshi o'yin oson bo'lmaydi" Yangiliklar

SHoxruh Xolmatov: "Neftchi"ga qarshi o'yin oson bo'lmaydi"

Xabaringiz bor, 15-noyabr kuni PRO-Liganing 17-turi doirasida Yaypanning "Turon" klubi o'z maydonida Farg'onaning "Neftchi" jamoasini qabul qiladi.

 Biz mazkur derbi uchrashuvi oldidan "Turon" jamoasi sardori SHoxruh Xolmatovning fikrlari bilan qiziqdik.

- SHoxruxbek, dastlab muxlislarga o'zingiz haqingizda malumot bersangiz...

- Men 1993-yilda Qo'qon shahrida tug'ilganman. Bolaligimdan futbolchi bo'lishni orzu qilardim, bu sport turiga bo'lgan mehrim juda kuchli edi.

- Birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan? Futbolda ilk bor qaysi jamoa safida maydonga tushgansiz?

- Birinchi murabbiyim Vohidjon Xakimov bo'lganlar. Men u kishi qo'l ostida 12 yoshimdan boshlab futbol o'ynashni boshlaganman va shu darajaga etishishimda hissalari katta bo'lgan. Ilk bor Farg'onaning "Neftchi" jamoasida katta futbolga kirib kelganman. 

- "Turon" klubi safiga qachon qo'shildingiz va bu qanday yuz berdi?

- "Turon" safiga 2018-yilda kelib qo'shilganman. O'shanda meni jamoaga klub sport direktori Sobir Hamidov taklif qilgandi. 

- Sizningcha, yakshanba kungi "Neftchi"ga qarshi o'yin qanday ruhda o'tadi?

- "Neftchi"ga qarshi o'yin shiddatli ruhda o'tishi aniq. CHunki ayni damda ikki jamoaga ham 3 ochko juda ham zarur. SHu kuni tomoshabop, muxlislarga yoqadigan bellashuvlarga boy uchrashuv bo'ladi deb o'ylayman.

- Joriy mavsumda "Turon" jamoasi oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?

- Jamoamiz oldida faqat va faqat Superliga yo'llanmasiga ega chiqish vazifasi turibdi. Nasib bo'lsa mavsum yakunida bu istagimizga erishamiz degan umiddaman.

- Xorij futbolida qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

- Xorij futbolida Italiyaning "Milan" hamda Angliyaning "CHelsi" klublariga muxlislik qilaman.

- Sevimli futbolchingiz kim?

- Yoshligimdan va hozirgacha ham Braziliya terma jamoasi azosi Tiyago Silvaning o'yinlariga juda qiziqaman. 

- Siz "Turon" jamoasi sardorisiz. Aytingchi, jamoa sardori zimmasiga qanday masuliyatlar yuklanadi?

- Jamoa sardori maydondagi ahillikni taminlash, shuningdek o'ynovchi murabbiy vazifasini ham bajarishi kerak deb o'ylayman. 

- Jamoa muxlislariga tilaklaringiz...

- "Turon" klubi muxlislari birinchi navbat sog'-salomat bo'lishsin. Bizni hamisha hozirgidek qo'llab-quvvatlashdan charchashmasin. Mavsum yakunida Superliga yo'llanmasini birgalikda nishonlaymiz degan umiddaman.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика