SHota Arveladze uch oylik faoliyatidan so'ng "Fatih Karagumruk" bosh murabbiyligidan ketdi
11 mar 2024 11:29
Yangiliklar
SHota Arveladze uch oylik faoliyatidan so'ng "Fatih Karagumruk" bosh murabbiyligidan ketdi
"Paxtakor" klubidagi faoliyati orqali o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan SHota Arveladze Turkiyaning "Fatih Karagumruk" klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.
Turkiya chempionatining 29-turida “Trabzonspor”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (5:1) Arveladze istefoga chiqarildi.
Gruziyalik mutaxassis bundan 3 oy oldin turk klubiga bosh murabbiy etib tayinlangandi va 17 uchrashuvda 6 marta g'alaba qozonib, 8 marta mag'lub bo'ldi hamda 3 uchrashuvda durang qayd etgandi. Murabbiy qo'l ostida bir muddat o'zbekistonlik yarim himoyachi Otabek SHukurov to'p tepdi.
SHuningdek, SHota Arveladze “Karagumruk” bilan Turkiya kubogi 1/2 final bosqichiga yo'l oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar